@ao_uzbekneftegaz · Post #9740 · 18.09.2025 г., 07:00
#Dividend Aksiyadorlar diqqatiga! “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyadorlari uchun dividendlar to‘lanishi O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida amalga oshirilmoqda. Jamiyat va unga qo‘shilgan korxonalar (sobiq “O‘zburg‘uneftgaz” AJ, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zneftgazmash” AJ, “Andijonneft” AJ, “Jarqurg‘onneft” AJ) aksiyadorlariga 2018–2023 yillar uchun hisoblangan dividendlar to‘lab berilmoqda. Olinmagan dividendlar asosan aksiyadorlar reyestrida bank rekvizitlari ko‘rsatilmagani sababli yuzaga kelgan. Shunga ko‘ra, aksiyadorlar (shu jumladan vorislar va merosxo‘rlar) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur: • bank rekvizitlari (plastik kartaning raqami, amal qilish muddati, tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi); • pasport nusxasi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun “O‘zbekneftgaz” AJ Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qiling. Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi, Toshkent, Energetika vazirligi ko‘chasi, 22 uy Telefon: (+998 55) 901-02-53; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2064, 2065, 2067); Elektron pochta manzili: [email protected]. ______ Уважаемые акционеры! Акционерам Общества и присоединённых к нему предприятий (бывшие АО «Узбурнефтегаз», АО «Узнефтегаздобыча», АО «Узнефтепродукт», АО «Узнефтгазмаш», АО «Андижаннефть», АО «Жаркурганнефть») выплачиваются дивиденды, начисленные за 2018–2023 годы. 👉Подробно 👇Bizni kuzating: 🌐web-sayt | 📷instagram | 👉telegram | ▶️youtube | 💬facebook
Hashtags