@igithub · Post #70 · 04/29/2023, 02:48 AM
▎Windows优化工具——DISM++ Dism++ 是一个强大同时轻量易用的小工具,集系统清理、优化、启动项管理、驱动管理等许多常用 Windows 设置与一身,轻点鼠标就可以完成原先繁琐的操作。 项目地址:https://github.com/Chuyu-Team/Dism-Multi-language 标签:#工具#Windows
TGINSIGHT SIMILAR POSTS
Source channel @FengChingLocalization · Post #80 · Aug 8
#Windows 仅限 Windows 设备使用
Hashtags
General global search
@igithub · Post #70 · 04/29/2023, 02:48 AM
▎Windows优化工具——DISM++ Dism++ 是一个强大同时轻量易用的小工具,集系统清理、优化、启动项管理、驱动管理等许多常用 Windows 设置与一身,轻点鼠标就可以完成原先繁琐的操作。 项目地址:https://github.com/Chuyu-Team/Dism-Multi-language 标签:#工具#Windows
@xgeekshare · Post #54 · 04/06/2026, 02:20 PM
#Windows#工具 🗑一键卸载 Windows 系统自带软件 Windows 终端输入命令即可安装 irm "https://get.winhance.net" | iex ✨ 亮点功能 ➡️ 清理臃肿:卸载和移除 Windows 自带软件如 OneDrive、Teams、Copilot 等预装软件 ➡️ 性能优化:一键开关各种设置,如关闭隐私跟踪、优化游戏性能、调整电源计划、关闭系统通知等 ➡️ 界面自定义:修改任务栏、开始菜单、文件资源管理器外观等 ➡️ 高级功能:基于 winget 一键安装源于官方的常用软件 📮投稿📢频道💬吹水🌐网站
@xgeekshare · Post #39 · 03/29/2026, 03:06 PM
#Windows#工具 🖱一个近乎完美的的 Windows 右键菜单管理程序 ⬇️下载地址 这个程序让你可以轻松启用、禁用、修改、删除或自定义文件、文件夹、桌面、新建、发送到、打开方式等各种右键菜单项。 彻底解决右键菜单越来越乱、出现一堆无用选项的问题。大小仅 540 KB! 📮投稿📢频道💬吹水🌐网站
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7242 · 09/12/2025, 08:25 AM
Windows o'rnatib bo'lgandan so'ng qilinadigan ishlar #info / #windows ℹ Windows 7 yoki Windows 10 o'rnatishingizdan qat'i nazar quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz kompyuteringizni yanada yaxshiroq va to'liqroq ishlashiga ta'sir qiladi. Bu ishlarni deyarli barchasini o'zim Windows o'rnatganimdan so'ng ham amalga oshiraman. 1⃣Drayverlarni yangilang. Windows yangi bo'lishiga qaramasdan undagi drayverlarning sizga keraklilari eski yoki umuman bo'lmasligi mumkin. Shunday ekan doimo Windows o'rnatgandan so'ng albatta drayverlarga vaqt ajrating. Ba'zan Win o'rnatilgandan keyin ekranni "yoqimsiz" ko'rinishiga drayverlar aybdor bo'ladi. 2⃣Antivirus o'rnating. Win o'rnatilgandan so'ng kompyuter toza bo'ladi. Ushbu tozalikni saqlash uchun antivirus kerak. 3⃣Ortiqcha dasturlarni o'chiring & kerakli dasturlarni o'rnating. Ortiqcha dastur - Windows o'rnatganda o'rnashadigan hech kim ishlatmaydigan dasturlar. Kerakli dastur - o'zimiz uchun faqat kerakli dasturlar. 4⃣Avtozagruzkadagi ortiqcha dasturlarni o'chiring. Kerakli dasturlarni o'rnatgandan so'ng ko'pchiligi avtozagruzkaga kirib olishadi. 5⃣Fayllarni ochadigan dasturlarni belgilash. .mp3 larni AIMP, .mp4/.avi larni GOM Player va h.k lar tartibida belgilab chiqamiz. Bunda qaysi turdagi faylni qaysi dastur ochishi nazarda tutilyapti. 6⃣Dasturlarning yuklash papkalarini o'zgartiring. Telegram va brauzerlar orqali yuklangan fayllar asosan C diskdagi Downloads papkasiga tushadi, bu esa C diskni to'lib qolishiga sabab bo'ladi. 🤗Bu eng kerakli deb bilganlarim. Qolganini o'zingizni ehtiyoj/xohishingizga qarab belgilashingiz mumkin. P.S. Yuqoridagi aytilganlar bo'yicha kanalda video va ma'lumotlar mavjud, ularni ataylab belgilamadim. Sababi izlanishni o'rganishimiz kerak 😉. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIGuruhIXaritaIDonat
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7240 · 09/12/2025, 05:10 AM
Windows o'rnatishdan oldin qanday amallarni bajarish kerak? #info / #windows ℹ Oldinroq Windows o'rnatgandan so'ng nimalar qilish kerakligi haqida gaplashgan edik. Bugun biroz orqaga qaytamiz va Windows o'rnatishdan oldin nimalar qilishimiz kerakligi haqida gaplashamiz. Ushbu tavsiyalar Windows'ning barcha versiyalarini o'rnatishga aloqador. 1⃣Kerakli fayllarni saqlab qo'ying. Odatda Windows C diskga o'rnatilishi sababli Windows o'rnatish paytida C diskni format qilishimiz (tozalash) ga to'g'ri keladi. Рабочий стол, Загрузки va shunga o'xshash joylardagi fayllar C diskda joylashgan bo'ladi. 2⃣Brauzerdagi zakladkalar saqlab qo'yish. Brauzerlarimiz ham o'chirilishi sababli o'zimiz uchun kerakli deb bilgan web sahifalarimizning manzillarini yozib olib qo'ying. 3⃣Kompyuterda mavjud o'yin va dasturlarga tegishli fayllarni saqlab qo'ying. Asosan Documents papkasida dasturlarga tegishli bo'lgan tayyor fayllarni saqlab oling. Tizimga aloqadorlarni olib qolish shart emas. 4⃣Internet va tizimga oid sozlamalarni eslab qoling. Ba'zan sozlamalarni o'zimiz uchun optimal holatga keltirganimizda Windows o'rnatishga to'g'ri kelib qoladi. Shu sabab oldingi holatga qaytarish uchun kerakli sozlamalarni eslab qolamiz. 5⃣O'rnatilgan dasturlar ro'yxatini saqlab qo'yish. Kompyuterni endi o'rganishni boshlaganimda har safar Windows o'rnatishimdan oldin o'rnatgan dasturlarim ro'yxatini skrinshot qilib olib qo'yar edim (keyingi safar tezda nimalarni o'rnatishim kerakligini anglash uchun). 6⃣Parollarni yozib olamiz. Ayniqsa brauzerlar bizga kerakli lekin bizning yodimizda qolmagan parollarni eslab qolishadi. Shu parollar ichidan keraklilarini saqlab olamiz. Masalan, Chrome dasturidagi parollar ushbu manzilda saqlanadi: chrome://settings/passwords 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIGuruhIXaritaIDonat
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7028 · 04/02/2025, 02:47 PM
Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli! #videodars / #windows ℹ️ Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usulini o'rganamiz! Windows'ni yuklashni 3 usulini ko'rib chiqamiz (torrent, brauzer, telegram). ✅ Fleshkaga yozish uchun UltraISO va Rufus dasturlaridan foydalanamiz. Video davomida MBR/GPT bilan hosil bo'ladigan muammo va yechimi haqida ma'lumot berib ketilgan. ⬇️Dasturlarni yuklash: UltralISOIRufus - Windows 10 torrent fayli va bir qancha fayllar manzillar ▶️YouTube'da ko'rish (HD) ⏳: 11:00 💾: 33.8 mb 📌 Mavzuga oid postlar: - Windows o'rnatishga oid savol javoblar - Katta hajmli fayllarni yuklash usullari - Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari bilan tanishamiz. Windows tanlaymiz! 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Guruh / Xarita
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7016 · 03/29/2025, 10:26 AM
Original Windows'ni yuklashni o'rganamiz! Nega faqat original Windows faylidan foydalanish kerak? #videodars / #windows ℹ️Nega aynan original windows'dan foydalanish kerak? Ekspertlarning fikricha windows'ni turli dasturchilar tomonidan sborka qilinishi har doim ham xavfsiz emas ekan. Ba'zi sborkalarda kerakli funksiyalar olib tashlangan, ortiqcha fayllar (ba'zan viruslar) hamda windows "chala" tayyorlangan bo'lishi mumkin ekan. ✅ Bugungi darsimizda original windows'ni microsoft.com saytidan va bir ajoyib dastur yordamida windows va MS Office dasturlarining turli versiya, yangilanish va redaksiyalarini yuklashni o'rganamiz. ▶️YouTube'da ko'rish (HD) ⏳: 06:44 💾: 22.5 mb 📌 Mavzuga oid postlar: • Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha videokurs • Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz • Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz! 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #7003 · 03/14/2025, 03:52 AM
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz #videodars / #windows ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi. 😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik. 📃Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin): 1️⃣Windows o'rnatishga oid savol javoblar Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz. 2️⃣Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz! Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz. 3️⃣Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram) Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz. 4️⃣Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli! Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi. 5️⃣Windows 10'ni o'rnatish Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi. 6️⃣Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash. Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz. 7️⃣Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6939 · 02/18/2025, 04:23 PM
"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash! #videodars / #windows ℹ️Aвтозагрузка - kompyuter ishga tushishi bilan ma'lum dasturlarni birga ishga tushiruvchi funksiya. Kompyuterimizda avtozagruzka bo'limi mavjud bo'lib, bu bo'limda belgilangan dasturlar kompyuter yonishi bilan birgalikda ishga tushadi. ✅ Biror dasturni avtozagruzkaga qo'shish: 1. Win + R ga shell:startup buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. 2. Chiqgan papkaga avtozagruskaga kiritmoqchi bo'lgan dasturlarimizning yorliqlarini tashlaymiz. ❌ Keraksiz dasturlarni olib tashlash: 1. Win + R ga msconfig buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. 2. "Автозагрузка" joyidagi keraksiz dasturlardan belgilash (✔️) ni olib tashlaymiz va OK ni bosamiz. ▶️YouTube'da ko'rish (HD) ⏳: 06:31 💾: 19.4 mb 📌 Mavzuga oid postlar: • Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! • Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Xarita
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6916 · 02/10/2025, 06:25 AM
Windows o'rnatish bo'yicha 1-dars. Windows o'rnatishga oid savol javoblar #videodars / #windows ℹ️ Bu darsda windows o'rnatish bo'yicha uchraydigan savol va muammolar haqida gaplashamiz! 📌 Agar Siz windows urishni to'liq o'rganmoqchi bo'lsangiz videoni oxirigacha ko'rishni tavsiya etaman. ▶️YouTube da ko'rish ⏳: 07:39 💾: 14.2 mb 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6692 · 10/15/2024, 07:41 AM
"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash! #videodars / #windows ℹ️Aвтозагрузка - kompyuter ishga tushishi bilan ma'lum dasturlarni birga ishga tushiruvchi funksiya. Kompyuterimizda avtozagruzka bo'limi mavjud bo'lib, bu bo'limda belgilangan dasturlar kompyuter yonishi bilan birgalikda ishga tushadi. ✅ Biror dasturni avtozagruzkaga qo'shish: 1. Win + R ga shell:startup buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. 2. Chiqgan papkaga avtozagruskaga kiritmoqchi bo'lgan dasturlarimizning yorliqlarini tashlaymiz. ❌ Keraksiz dasturlarni olib tashlash: 1. Win + R ga msconfig buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. 2. "Автозагрузка" joyidagi keraksiz dasturlardan belgilash (✔️) ni olib tashlaymiz va OK ni bosamiz. ▶️YouTube'da ko'rish (HD) ⏳: 06:31 💾: 19.4 mb 📌 Mavzuga oid postlar: • Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! • Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube / Xarita
Hashtags
@Kompyuter_Akademiyasi · Post #6265 · 04/30/2024, 05:03 PM
"Диспетчер задач" dan dasturni o'chirish #info / #windows ℹ️ Ko'pincha biror dasturni yopish imkoniyati yo'qoladi va bunda "не отвечает" yozuvi chiqib qoladi. Bugun esa shunday qotish paytidan kompyuterni qutqarishni o'rganamiz! ❗️Nazorat qilib bo'lmayotgan dasturni Диспетчер задач dan o'chiramiz. Qanday holatlarda nazorat yo'qolgan bo'ladi? • Biror dastur qotib qolib, не отвечает yozuvini chiqarganida (1-rasm); • Chiqish knopkasi mavjud bo'lmagan dasturlarda (masalan: Desktop Goose); • Juda sekin ishlayotgan dasturlardan birdaniga qutulish uchun. 📋 Диспетчер задач dan biror dasturni olib tashlash uchun (2-rasm): 1. Win + R ga taskmgr ni kiritib OK ni bosamiz; 2. Процессы bo'limidan keraksiz dasturni tanlaymiz va Завершить процесс ni bosamiz. 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ Telegram / YouTube