Windows o'rnatish bo'yicha 1-dars. Windows o'rnatishga oid savol javoblar
#videodars / #windows
ℹ️ Bu darsda windows o'rnatish bo'yicha uchraydigan savol va muammolar haqida gaplashamiz!
📌 Agar Siz windows urishni to'liq o'rganmoqchi bo'lsangiz videoni oxirigacha ko'rishni tavsiya etaman.
▶️YouTube da ko'rish
⏳: 07:39 💾: 14.2 mb
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Windows (7/8/8.1/10) ni aktivatsiya qilish (faollashtirish)
#videodars / #windows
ℹ️ Bu videodars orqali windows (7/8/8.1/10) ni aktivatsiya qilish (faollashtirish) ni o'rganamiz!
📌 Aktivatsiya qilish uchun 2 dasturdan foydalanamiz:
1️⃣KMSTools
2️⃣Windows Loader
▶️YouTube da ko'rish
⏳: 02:18 💾: 7.4 mb
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Windows 10 da rasmlarni Windows 7 dagidek ko'ramiz
#info / #windows
ℹ️ Rasmlarni ko'rish uchun Windows 7 ni dasturi qulay hisoblanadi. Afsuski bu dastur Windows 10 da yo'q, lekin yuqoridagi kichik fayl orqali Windows 7 dagi dasturni tiklaymiz!
❗️O'rnatish va foydalanish:
- Faylni yuklaysiz va unga kirasiz;
- Telegram dasturi uchbu fayl xavfli deb ogohlantirishi mumkin, shunda Run ni bosasiz (fayl mutlaqo xavfsiz!);
- Fayl ichiga kirgandan so'ng "Да" ni tanlaysiz;
- Rasmni Свойства siga kirib rasm ochadigan dasturni belgilab qo'yasiz.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Windows versiyasini aniqlashni oson yo'li
#info / #windows
1⃣ Win + R ni bosamiz;
2⃣ Ochilgan oynaga winver deb yozamiz;
3⃣ Quyidagi rasmdagidek oyna paydo bo'ladi, shu oynada windows versiyasi yozilgan bo'ladi!
Hammasi tushunarlimi ? 😉
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Windows (7/8/8.1/10) ni aktivatsiya qilish (faollashtirish)
#videodars / #windows
ℹ️ Bu videodars orqali windows (7/8/8.1/10) ni aktivatsiya qilish (faollashtirish) ni o'rganamiz!
📌 Aktivatsiya qilish uchun 2 dasturdan foydalanamiz:
1️⃣KMSTools
2️⃣Windows Loader
▶️YouTube da ko'rish
⏳: 02:18 💾: 7.4 mb
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Windows ga parol qo'yish/o'chirish
#videodars / #windows
ℹ️ Kompyuter yonish paytida kompyuterga kirish uchun parol o'rnatish va ushbu parolni olib tashlashni o'rganamiz!
Buning uchun Win + R ga control buyrug'ini beramiz va videoda ko'rsatilgan ketma ketlikni bajaramiz!
📌 Ushbu parol so'rashini olib tashlash ham mumkin.
▶️YouTube da ko'rish
⏳: 01:07 💾: 1.9 mb
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
#videodars / #windows
ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi.
😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik.
📃Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin):
1️⃣Windows o'rnatishga oid savol javoblar
Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz.
2️⃣Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!
Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz.
3️⃣Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram)
Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz.
4️⃣Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli!
Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi.
5️⃣Windows 10'ni o'rnatish
Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi.
6️⃣Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash.
Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz.
7️⃣Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar
Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Original Windows'ni yuklashni o'rganamiz! Nega faqat original Windows faylidan foydalanish kerak?
#videodars / #windows
ℹ️Nega aynan original windows'dan foydalanish kerak?
Ekspertlarning fikricha windows'ni turli dasturchilar tomonidan sborka qilinishi har doim ham xavfsiz emas ekan. Ba'zi sborkalarda kerakli funksiyalar olib tashlangan, ortiqcha fayllar (ba'zan viruslar) hamda windows "chala" tayyorlangan bo'lishi mumkin ekan.
✅ Bugungi darsimizda original windows'ni microsoft.com saytidan va bir ajoyib dastur yordamida windows va MS Office dasturlarining turli versiya, yangilanish va redaksiyalarini yuklashni o'rganamiz.
▶️YouTube'da ko'rish (HD)
⏳: 06:44 💾: 22.5 mb
📌 Mavzuga oid postlar:
• Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha videokurs
• Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
• Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Windows 11’da Windows XP’ning “yashiringan” 8 ta joyi (+rasm)
#info / #windows
ℹ️ Microsoft Windows so'nggi 20 yil ichida juda ko'p o'zgardi, ammo u o'zgarmagan ko'plab sohalar mavjud. Windows 11 hali ham Windows XP 2001 yoki undan oldingi versiyalarda mavjud bo'lgan bir nechta muhim o’xshashliklarni ko’rib chiqamiz:
📰To'liq maqolani ko'rish (+rasmlar)
💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIYouTubeI InstaI TikTok