TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Kuchsizlar kuchi
Kuchsizlar kuchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #127

@kuchsizlarningkuchi

Kuchsizlar kuchi

Ansichten482Anzahl der Ansichten
Gepostet8. Mai08.05.2025, 14:54
Beitragsinhalt

Inhalt

Trolleybus axloqiy dilemmasi: Deontologik va Utilitar yondashuvlar taqqosoti Hayotda ba’zida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qanday harakat qilmaylik, biror tomoni bilan noxush oqibatlarga olib keladi. Trolleybus dilemmasi shunday axloqiy muammo: bir vagon rels bo‘ylab harakatlanmoqda, u yo‘lda 5 kishini bosib ketadi. Ammo sizda vagonni boshqa relsga burish imkoniyati bor. Boshqa yo‘lda esa 1 kishi turibdi. Savol: Siz nima qilgan bo‘lardingiz? Misol:Real hayotdagi o‘xshash holat: 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi davrida, ko‘plab mamlakatlar tibbiy ventilyatorlar yetishmovchiligidan aziyat chekdi. Shifokorlar tanlov qilishga majbur bo‘ldi: qaysi bemorga ventilyator beriladi – o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan 80 yoshli bemormi, yoki sog‘ayish ehtimoli yuqori bo‘lgan yosh bemormi? Bu dilemmalar aynan trolleybus muammosiga o‘xshash tarzda ahloqiy tanlovni talab qildi. “Double effect” va inson qadriyati “Double effect” tamoyiliga ko‘ra, maqsadda yo‘q bo‘lgan, ammo harakat oqibati sifatida yuz beradigan o‘lim boshqa, qasddan bajarilgan harakat esa mutlaqo boshqa axloqiy bahoga ega. Vagonga tegmay, hech kimni o‘ldirishni tanlamasangiz, bu sizning faol harakatingiz emas, fojiali holat, lekin sizning axloqiy javobgarligingiz yo‘q. Biroq, burish orqali siz bevosita qaror qabul qilib, odam o‘ldirishda ishtirok etasiz. Misol: Xavfsizlik xizmatlari ba’zida bomba joylashtirilgan joyni bilib, uni portlamasligi uchun hech qanday chora ko‘rmaydi — ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilmaslik orqali “double effect” printsipiga amal qiladi. Ularga ko‘ra, faol harakat (masalan, gumondorni qiynash) axloqiy jihatdan qabul qilinmaydi, hatto bu orqali yuzlab odamlar hayoti saqlanib qolsa ham. Inson hayotining o‘lchovsiz qadriyati Inson hayoti hech qachon son bilan o‘lchanmasligi kerak. Har bir insonning hayoti o‘z-o‘zicha mutlaq qadriyatga ega. Agar biz “ko‘pchilik foydasi uchun ozchilikni qurbon qilish” prinsipini tan olsak, bu xavfli tendensiyalarni (masalan, siyosiy repressiyalar yoki eugenika) oqlashga olib keladi. Misol: Sovet Ittifoqida 1930-yillarda “davlat manfaatlari uchun” deb yuz minglab begunoh odamlar qamalgani yoki o‘ldirilgani tarixdan ma’lum. Bu utilitar yondashuvni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida yuzaga kelgan. Deontologik etikaga ko‘ra, hech qaysi inson "davlat foydasi" uchun vosita sifatida qurbon qilinmasligi kerak edi. Utilitar pozitsiya: Oqibatlar muhim – ko‘proq odam, ko‘proq baxt Utilitarizm esa qarorlarni natijalarga qarab baholaydi. Jeremy Bentamning mashhur prinsipi: “Axloqiy jihatdan to‘g‘ri harakat – eng ko‘p odamga eng ko‘p baxt keltiradigan harakatdir.” Bu yondashuvga ko‘ra, vagonni burish – axloqiy jihatdan eng maqbul qaror, chunki 5 kishi tirik qoladi, 1 kishi qurbon bo‘ladi. Misol: Yaponiyada 2011-yilgi Fukushima yadroviy falokatidan keyin hukumat ko‘plab hududlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha tezda qaror chiqardi. Ular bu orqali ko‘plab odamlar sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan radioaktiv ifloslanishni kamaytirish maqsadida ba’zi hududlarni qurbon qilishga majbur bo‘ldi. Bu qaror utilitar asosda qabul qilindi. Millning sifatiy yondashuvi va amaliy moslashuv John Stuart Mill bu fikrni rivojlantirib, baxt tushunchasini faqat jismoniy lazzat emas, balki intellektual va axloqiy qoniqish sifatida ham talqin qilgan. Utilitar qarorlar faqat son emas, sifat jihatidan ham baholanishi mumkin. Misol: Ta’lim sohasida, yuqori darajadagi maktab o‘qituvchilariga ko‘proq mablag‘ ajratish orqali jamiyatga uzoq muddatli sifatli foyda yetkaziladi — bu nafaqat ko‘proq odamga, balki yuqoriroq sifatdagi intellektual baxtni targ‘ib qiladi.