TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Post content
Post content
Kecha San Franciscoga Mavlonbek bilan ko‘rishgani bordim. Mavlonbek — Salesfinity startapi asoschisi, shahar markazidagi 605 Market Street’da ofis olibdi. Uni yangi ofisga ko‘chgani bilan tabriklab, iftorlikka bordik. Bahodir ham qo‘shildi. U — Surgent vibe coding platformasi asoschisi. Yaqinda Whop’dan $500,000 pre-seed investitsiya ko‘tardi. U bilan gaplashish juda qiziq. Keyingi 3–4 oyda $5 million ARR’ga chiqmoqchi. Komandaga faqat growth hacker’larni olmoqda. Hozircha 3 ta dasturchi bor. Hozirgi startaplar dasturchilar sonini ko‘paytirishga emas, balki ularni samarali ishlay oladigan va vibecode qila oladigan mutaxassislarni qidiryapti. @paiziev24