Скачиваем видео с YouTube
Пакет pytube предоставляет всю небходимую функциональность для скачивания видео с YouTube, а также для сбора всей информации о нем.
Для работы нам необходимо создать объект класса YouTube. Помимо ссылки на видео в конструктор можно передать в качестве параметров функции для обработки прогресса загрузки и завершения.
Большинство видео на ютубе не имеют аудиодорожки на потоках с высоким разрешением, свыше 720p — это связано с технологией передачи DASH, которую использует YouTube.
На картинке мы показали как отфильтровать потоки с прогрессивной передачей и выбрать из полученного списка с максимальным доступным разрешением до 720p.
Для загрузки выбранного потока используем функцию download(), в функцию можно передать в качестве параметров путь до директории для сохранения и имя файла.
#python#youtube
#youtube#блокировка
YouTube в России - всё ещё не блокируют
СМИ и телеграм-каналы накануне распространяли информацию о том, что прокуратура города Владимира обратилась в Ленинский районный суд города с требованием ограничить доступ к видеохостингу YouTube. Некоторые посчитали это предвестником полной блокировки хостинга в РФ.
В суде Владимира прокомментировали информацию об этом иске. Выяснилось, что казус возник из-за технических особенностей заполнения электронной картотеки суда, этот раздел допускает внесение ограниченного количества символов.
"На самом деле речь идет не о всем YouTube-канале, а о конкретном ролике, в котором прописана инструкция, как снизить показания счетчиков из ЖКХ сферы", — уточнили в пресс-службе Владимирского областного суда.
♟YouTubeприменил освоивший настольные игры ИИ-алгоритм MuZero от DeepMind для улучшения сжатия видео.
В компании заявили, что модель снизила битрейт в среднем на 4% без заметной потери качества роликов. По словам исследователя DeepMind Антона Жернова, это значительная экономия вычислительной мощности и пропускной способности. ИИ может помочь жителям стран с ограниченным интернетом смотреть ранее недоступные для них видео, добавил эксперт.
💬 Жернов уточнил, что MuZero работает только с тем YouTube-контентом, где используется метод сжатия видео с открытым исходным кодом VP9, для улучшения которого алгоритм и адаптировался.
#YouTube#DeepMind
📹Shanba videolari - 13
"Shanba videolari"ning 13-soni yetib keldi. Boshqa foydali va qiziq videolar bilan izohlarda bo'lishishni taklif qilaman.
Stardew Valley bir odam tomonidan qanday qilingan?
Qanaqadir juda samimiy va sodda o'yin bor - Stardew Valley. O'yinning syujeti shahar hayotidan zerikkan odam bir kichik qishloqqa borib tinch hayot kechirishi atrofiga qurilgan. Steam sahifasidagi 417 ming taqriz asosidagi reytingi: haddan tashqari pozitiv.
Lekin o'yinning eng asosiy o'ziga xosligi o'yinning ichidamas - butun boshli o'yin yagona odam tomonidan yaratilganligi. O'yin dizayneri - Erik Baron o'qishni bitirganidan keyin ish topishda qiynalgan va portfolio uchun kichik bir o'yin qilishga qaror qiladi va hozirda o'yinning 10 milliondan ko'p nusxasi sotilgan. Quyidagi video o'yin yaratilishi haqida:
🌐https://youtu.be/4-k6j9g5Hzk
Best Ever Food Review Show: O'zbekiston
Menimcha, Turizm qo'mitasi bir nechta mashhur ovqat blogerlari bilan hamkorlik qilib yaxshi ish qildi. Hatto O'zbekistonning o'zida yashab yurgan odamlar ham ancha narsa o'rganadi 🙂 Men bilgan va ko'rganlarim:
- Mark Viens
- The Food Ranger:
- bir
- ikki
- uch
- to'rt
Va Best Ever Food Review Show (to'g'ri, nomi uzun) 2022-yilda O'zbekistonga yana tashrif buyurib, sarguzashtlarini uzunroq video qilgan. Menga yoqqan tomoni - faqat osh, go'sht, somsalarmas, sumalak haqida ham lavha tayyorlangani: Navro'z ham bizning mintaqamizning o'ziga xos bayrami.
🌐https://youtu.be/bFzpqWXFSTo
RealLifeLore kanali
Kanaldagi ilmiy-ommabop videolaridan tashqari aynan geosiyosat mavzusida qiladigan videolari yoqadi:
- Yaqin Sharq chegaralari muammosi
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: ortiqcha hududlar
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: Ispaniya
- Dunyoning eng g'alati chegaralari: anklav va eksklavlar
- Nega Turkiya Istanbulni orolga aylantiryapti?
- Qanday qilib koinot siz o'ylagandan ko'ra ancha katta
Chegaralar masalasida: deyarli hamma zamonaviy davlatlarning chegaralari so'nggi 200-300 yil ichida nisbatan kattaroq davlatlar tomonidan aniqlangan. Britaniya, Ispan, Sovet, Usmoniylar, Yapon va hokazo imperiyalarning parchalanishi davomida paydo bo'lgan davlatlar chegalariga shu imperiyalar siyosatining ta'siri katta. Xuddi hozirgi sobiq Sovet davlatlari chegalari kabi.
Siz bilmagan Istanbul
O'zbek tilidagi kontentga kam ko'zim tushadi, lekin Subyektiv kanali Istanbul haqida yaxshi video tayyorlagan:
🌐https://youtu.be/CUX8v7J7gXs
- - - - - - - -
Afsuski, Anton Ptushkin urushdan keyin rus tilida video tayyorlashni to'xtatdi. Lekin ingliz tilidagi kanalini rivojlantirishni boshladi yaqindan:
https://www.youtube.com/c/Antonsomewhere
Omon bo'ling! ✌️
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹Shanba videolari - 12
Bu safargisini veb-saytdagi maqola sifatida sinab ko’ramiz. Videolar bitta sahifaga yig’ilgan:
https://farhodjon.uz/3o7tuTxUydI
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹Shanba videolari - 11
Karl koʻprigi qurilishi
Chexiya poytaxti Pragada qadimiy Karl koʻprigi mavjud. Koʻprikning nomi uning qurilishini boshlagan qirol — Karl IV bilan bogʻliq. Koʻprik qurilishi XIV asr oʻrtasida (1357-yil) boshlanib XV asr boshidagacha davom etgan. Ushbu videoda shu koʻprik qurilishi va texnologiyasi koʻrsatilgan. Qoyil qolish kerak.
https://youtu.be/nJgD6gyi0Wk
Boston Dynamics robotlari
Markes Braunli xuddi boshqa texnikalarga taqriz qilgandek Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotiga taqriz tayyorlagan. Robot AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqlarida sotiladi va narxi 75 000 AQSh dollari atrofida.
https://youtu.be/s6_azdBnAlU
MIT (Massachusetts Institute of Technology) esa bemorlarning hayotiy koʻrsatkichlarini kontaktsiz olish uchun shu robotlarni sinayapti.
https://youtu.be/0YvSdbwh41I
Va avval kimdir koʻrmagan boʻlsa, Boston Dynamicsʼning boshqa modellari odamga oʻxshab yurishi, turli toʻsiqlardan oʻtishi, sakrashi (ham oldga, ham orqaga) va boshqa amallarni bajarishi mumkin.
https://youtu.be/uhND7Mvp3f4
Appleʼning “sahna ortidan“ videolari
Apple Watch soatlarida ekranga oʻrnatiladigan maxsus “yuzlar” (faces) mavjud. Odatda ularda turli grafika va koʻrsatkichlar aks etadi. Baʼzi yuzlarda esa fonda turli animatsiyalar paydo boʻladi: masalan, olov yoki suv. Bir qaraganda shu animatsiyalarni kompyuterda tayyorlangan, deb hisoblash mumkin. Lekin ular haqiqiy video sifatida olinarkan!
https://youtu.be/aK7KPw9bLfI
Bundan tashqari, Apple yangi iPhone chiqarganda uning kamerasi imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Behind the Scenes (sahna ortida) nomli tajribalar koʻrsatadi. Bular ham xuddi kompyuter grafikasidek, lekin ushlab koʻrsa boʻladigan materiallardan ozgina fizika va kimyo bilan tayyorlanarkan.
Fire & Ice - https://youtu.be/dJyd_zgr2WE
Dark Universe - https://youtu.be/r7mB7BBWLcQ
AQShning milliy parklari
AQSh hukumati va xalqining juda katta yutuqlaridan biri — ular XIX asr oxiridayoq yovvoyi va umuman tabiatni saqlab qolishga juda katta eʼtibor berishgani. Mana hozir mamlakat fuqarolari dam olish yoki faol xordiq chiqarish uchun joylar yetarlicha. Yerlar tortiq qilinayotgan va pulning orqasidan quvilayotgan XXI asr Oʻzbekistoni bilan solishtirib boʻlmaydi. Videoda AQShdagi 25 ta milliy parklar haqida.
https://youtu.be/zTBmv-Gzf2w
The Люди
Anton Lyadov tanlaydigan joylarning hammasiga ham havas qilib boʻlmaydi: Shimoliy Koreya, Venesuela, Moʻgʻuliston, Meksika va hokazo. Boshqa Anton — Ptushkin videolari bilan solishtirib boʻlmaydi: Lyadov videolari xuddi oddiy videoblogdek tasvirga olingan, xavfli joylar, turli faktlar va shu joylarda yashaydigan odamlar fikrlari. Dunyoga boshqacharoq qarash uchun tavsiya qilinadi.
Самый опасный город мира l Венесуэла - https://youtu.be/hCMyf2ri0is
Реальная жизнь в Северной Корее - https://youtu.be/ZpUKJ6-LMI8
Пустынные города Монголии - https://youtu.be/yledeLW7w3s
Дубай. Обратная сторона / Трущобы и Заброшенные острова - https://youtu.be/bD9hyqx-BMk
GMC Hummer EV
Hammer pikap (pickup) mashinalarini koʻpchilik biladi. Oʻziga xos, koʻpincha turli film yoki oʻyinlardagi notinch joylarda koʻrsatishadi. Shu mashinaning yangi, faqat elektr energiyasiga yuradigan modeli juda zoʻr: shunchaki videoni koʻring. Keyingi yildan boshlab chiqadi. Narxi 112 000 dollar. Arzonroq modellari keyingi yillardan chiqarilarkan.
https://youtu.be/MjMhZKmHKGk
@FarLives#shanba_videolari#youtube
📹Shanba videolari - 10
Bir kuni Toshkentda
Ruscha-oʻzbekcha olingan bu video Oʻzbekiston va oʻzbek tilidagi segment uchun juda unikal. Qanaqa gʻalati tuyulmasin, qisqa metrajli filmda ishtirok etgan odamlar oʻrtacha oʻzbek kinosidagi aktyorlardan oʻlsa oʻligi ortiq.
Hikoyaning baʼzi qahramonlarining original talaffuzi va soʻzlashuv uslubi qoldirilganiga ham tasanno. Nega soʻkinib gapiradigan odamlar kinolarimizda birdaniga sunʼiy odoblilarga aylanishi kerak, tushunmayman.
- Однажды в Ташкенте (Короткометражный фильм, 2020)
Aleksey Navalniy videolari
Siyosiy mavzularni kuzatmaslikka harakat qilaman: baʼzida, natijasiga taʼsir oʻtkazishim ehtimoli kam narsalarga keragidan ortiq eʼtibor sarflashim mumkin. Buni boshqarish esa mening qoʻlimda.
Lekin yaqinda Navalniyning ikkita videosini koʻrib odamlarning (ayniqsa, amaldorlarning) ochkoʻzligini baʼzida cheki boʻlmasligini tushunasan. Bundoq oʻylab qarasa millionlab odamlarning taqdiri sening qoʻlingda, tarixda yuzlab yil seni eslab yuradigan ishlar qilishing mumkin. Lekin atrofidagi ogʻaynilari va qarindoshlari bilan parazitdek xalq puliga yopishvolganlarni tushunish qiyin.
Harqalay, Rossiya bizga nisbatan ochiqroq va sal boʻlsayam demokratiya ishlaydigan davlat. Oʻzbekiston bilan solishtirish qiyin, lekin umumiy oʻtmishimiz va nisbatan madaniyat va fikrlashdagi oʻxshashliklardan kelib chiqib shunaqa holatni bemalol kutish mumkin.
- Томск в плену у депутатской мафии
- Взятки. Дворцы. Самолёты. За что продали народ Татарстана
Shaxsga sigʻinish
Gohida Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya haqida aytib kulamiz-ku, lekin sal atrofga qaralsa bizda ham shaxsga (ayniqsa, predizentga) sigʻinishga rosa urinishni kuzatish mumkin.
Ilya Varlamov Turkmanistondagi shaxsga sigʻinish haqida qiziq video tayyorlabdi. Shundoq qoʻshnimiz haqida 🙂
- Культ личности в Туркменистане. Диктаторы, у которых снесло крышу: Бердымухамедов и Туркменбаши
Lucid Air — Tesla raqobatchisi
Hozir biz avtomobil sohasida revolyutsiyani kuzatyapmiz: avtomobillar aqllilashishi va yoqilgʻining nisbatan ekologik variantlaridan foydalanish. Bu revolyutsiya 10-15 yil davom etadi, menimcha. Masalan, Norvegiya 2025-yildan boshlab hamma avtomobillar yoqilgʻisiz boʻlishini maqsad qilgan.
Avtomobillar ham asta-sekin xuddi smartfonlardek gadjetga aylanadi: asosiy qismlari oʻzgarmaydi, lekin uning bir qancha imkoniyatlarini dasturiy taʼminot orqali boshqarish mumkin boʻladi. Lucid Motors rejalashtirayotgan Lucid Air modeli ham juda boshqacha: bir nechta ekranlar, smartfon orqali boshqarish, odamning yuzidan tanish, bir avtomobil boshqasiga quvvat berishi 😱 va hokazo. 80 000 AQSh dollaridan boshlanadi narxi.
- Lucid Air
Turli narsalar tayyorlanish jarayonlari
Baʼzi qoʻlda tayyorlanadigan uskuna yoki jihozlarning jarayonini koʻrib hayron qolaman. Shuncha mehnat va mehr. Quyidagi videolarda: Damashq pichogʻi, moʻgullar kamoni, Xitoy (Yixing) choynagi va oxirida turli choynaklarning sifatini oʻlchash.
- The Birth Of A Tool. Part III. Damascus steel knife making (by Northmen)
- Mongolian sinew backed bow
- The delicate making of Yixing clay teapot, also known as purple sand teapot
- The Differences In Quality Of Teapots That Are Available Is Amazing!
@FarLives#shanba_videolari#youtube