Postituse sisu
Bugun Computer Vision tizimlari shunchalik kuchayib ketdiki, ayrim vazifalarni odamdan ham yaxshi bajaryapti. Masalan, Hindistonda 2 g‘ildirakli transportlar soni juda ko‘p. Hamda ko‘pchilik ‘kaska’ taqmasdan haydab yuradi. Natija oddiy: xavf oshadi, jarohatlar ko‘payadi. Shu muammoni kamaytirish uchun ular qiziq yechim qilgan: ✅ Kamera + Computer Vision ✅ Kaskasiz haydovchini avtomatik aniqlaydi ✅ Ustiga-ustak davlat raqamini (license plate) ham o‘qiydi ✅ Va jarima avtomatik yoziladi Bu degani, CV faqat “rasmni taniydi” emas, u real hayotda intizom va xavfsizlikga ham xizmat qilyapti. Lekin bu faqat bitta misol. Computer Vision qayerlarda ishlaydi? 1) Avtonom mashinalar (Self-driving) Tesla, Waymo kabi kompaniyalar yo‘lni “ko‘rish” uchun CV’dan foydalanadi: • piyoda • yo‘l belgilari • lane chiziqlari • boshqa harakatdagi mashinalar hammasini kamera orqali aniqlab, real vaqtda qaror qabul qiladi. 2) Retail va e-commerce Amazon, eBay, Walmart’da CV siz ko‘rgan mahsulotni tanib: • o‘xshashlarini tavsiya qiladi • do‘konda zaxirani kuzatadi • mijoz harakatini tahlil qilib, layout va marketingni optimallashtiradi. 3) Zavodlarda sifat nazorati Assembly line’da CV: • defektni (tirnalish, noto‘g‘ri yig‘ilish) topadi • inspeksiyani avtomatlashtiradi • real vaqtli feedback beradi: nosoz mahsulotni ajratadi yoki operatorni ogohlantiradi. 4) Tibbiy tasvirlar (Medical Imaging) X-ray, CT, MRI’da: • o‘sma, sinish, anomaliyalarni topadi • segmentatsiya qiladi (tumor ajratish kabi) Computer Vision real hayotda xavfsizlik, ishlab chiqarish, tibbiyot va shu kabi ko’plab sohalarda ishlayapti. To‘g‘ri qurilgan CV tizimi vaqtni tejaydi, xatoni kamaytiradi va natijani yaxshilaydi. #fundamentals#computer_vision