Kontni pòs la
❔Sizning aksiyalaringiz qayerda saqlanadi? 🗣 Aksiyalar endi qog‘oz ko‘rinishida emas, balki elektron yozuvlar shaklida saqlanadi. Buning uchun maxsus depozitar hisobvaraqlar (shaxsiy hisobvaraqlar) mavjud. ⏺Markaziy depozitariy roli: Bu tizimning "yuragi" bo‘lib, barcha qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobini yuritadi. ⏺Xavfsizlik: Sizning aksiyalaringiz investitsiya vositachisi (broker) aktivlaridan alohida saqlanadi. Agar broker faoliyatini to‘xtatsa ham, sizning mulkingiz Markaziy depozitariy bazasida xavfsiz qoladi. ⏺Nazorat: Istalgan vaqtda o‘z hisobvarag‘ingizdan ko‘chirma olib, mulkingizni tekshirishingiz mumkin. ✅Sizning aksiyalaringiz — bu raqamli aktiv, uning daxlsizligi davlat darajasida kafolatlanadi. #MoliyaviySavodxonlik 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin