TGINSIGHT CHAT
🇺🇿 TIV matbuot kotibi
@TIVmatbuot
PolitikTashqi ishlar vaziri matbuot kotibi kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot
Postingan terbaru
Hal. 1 dari 55 · 650 postingan
Diposting 11 Apr
Prezidentlar qadimiy Arkda
Diposting 11 Apr
Ikki yetakchi bir umumiy maqsad – barqarorlik va rivojlanish yo’lida. Buxoroda navbatdagi oliy darajadagi mehmon.
Diposting 10 Apr
Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabari Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini tahlil qilish hamda mavjud masalalarga manzilli yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik…
Diposting 9 Apr
Buyuk Sohibqiron — hujjatli filmi premyerasi! Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan maxsus qisqa metrajli hujjatli filmni 📹DunyoLive YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin. @tivmatbuot
Diposting 9 Apr
Mamlakatimizda buyuk davlat arbobi, oʻzbek davlatchiligi asoschisi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda turli vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, xorijlik mehmonlar hamda yoshlar ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ham yuksak hurmat ramzi sifatida Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qoʻyildi. Tadbir davomida ta’kidlanganidek, Amir Temurning ulkan tarixiy merosi, xususan, davlatchilik va diplomatiya sohalaridagi beqiyos tajribasi bugungi kunda ham Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik va milliy gʻurur ruhida tarbiyalashda muhim manba boʻlib xizmat qiladi. @tivmatbuot
Diposting 8 Apr
Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabari Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini tahlil qilish hamda mavjud masalalarga manzilli yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Sayyor qabul”lar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlar joriy yilning 9-aprel kuni soat 9:00-17:00gacha Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari Xalq qabulxonalari binosida bo‘lib o‘tadi. Batafsil maʼlumot va qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi raqam bilan bog‘lanish mumkin. Tel:+99897 136-51-51. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan boshqa hududlarda o‘tkaziladigan “Sayyor qabul”lar bo‘yicha maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda eʼlon qilib boriladi. @tivmatbuot
Diposting 8 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti Oʻzbekiston Pokiston rahbariyati vositachiligida Yaqin Sharqda oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va sulh oʻrnatilishi eʼlon qilinganini olqishlaydi. Mazkur saʼy-harakatlarni keskinlikni yumshatish, siyosiy-diplomatik muloqot va oʻzaro maqbul yechimlarni topish uchun sharoit yaratish yoʻlidagi muhim qadam, deb hisoblaymiz. Barcha tomonlarni vazmin boʻlishga, vaziyatni yana keskinlashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga, shuningdek tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga chaqiramiz. Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl bilan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq qatʻiy ravishda hal etish zarurligi toʻgʻrisidagi oʻzgarmas pozitsiyasini tasdiqlaydi. *** Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Uzbekistan welcomes the announcement of a full ceasefire and the establishment of a truce in the Middle East mediated by the leadership of Pakistan. We consider this an important step towards the de-escalation of tensions and the creation of conditions for political and diplomatic dialogue, as well as for the search for mutually acceptable solutions. We call on all parties to exercise restraint, refrain from actions that could lead to a renewed escalation of the situation, and continue constructive engagement in order to achieve sustainable peace and stability. Uzbekistan reaffirms its unwavering position on the need to resolve conflicts exclusively through peaceful means in strict accordance with the principles of the Charter of the United Nations. *** Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан Узбекистан приветствует объявление о полном прекращении огня и установлении перемирия на Ближнем Востоке при посредничестве руководства Пакистана. Рассматриваем это как важный шаг на пути деэскалации напряжённости и создания условий для политико-дипломатического диалога и поиска взаимоприемлемых решений. Призываем все стороны проявлять сдержанность, воздерживаться от действий, способных вновь привести к обострению ситуации, а также продолжать конструктивное взаимодействие в целях достижения устойчивого мира и стабильности. Подтверждаем неизменную позицию Узбекистана о необходимости урегулирования конфликтов исключительно мирными средствами в строгом соответствии с принципами Устава Организации Объединённых Наций. Facebook | YouTube | Instagram | X
Diposting 7 Apr
📢Ҳурматли Исроил Давлатидаги Ўзбекистон Республикаси фуқаролари! Исроилдаги хавфсизлик вазияти кескинлашиши мумкинлиги муносабати билан, эҳтиёткорликни янада кучайтиришингизни сўраймиз. Шу муносабат билан, Элчихона барча Ўзбекистон фуқароларини Исроил Фронт орти қўмонданлиги кўрсатмаларига қатъий риоя қилишга яна бир бор чақиради. Хавфсизлик мақсадида: - Доимо ҳимояланган жойларга яқин ҳудудда бўлинг. - Ҳаво ҳужуми ҳақида сигнал берилганда ёки сирена эшитилганда дарҳол ҳимояланган жойга киринг. - Фронт орти қўмондонлиги томонидан расмий рухсат берилмагунча ҳимояланган жойни тарк этманг. - Расмий хабарлар ва фавқулодда кўрсатмаларни доимий равишда кузатиб боринг. Дипломатик ваколатхона барча фуқароларга хавфсизлик қоидаларига амал қилаётгани учун миннатдорлик билдиради ҳамда эҳтиёткорликни сақлашни сўрайди. Эслатиб ўтамиз, шошилинч мурожаатлар учун қуйидаги алоқа воситалари фаолият юритмоқда: 📞 03-672-2466 / 03-672-2371 / 03-758-5075 / 03-758-5076 📞Фавқулодда ва шошилинч хабарлар учун: +972 54-4851397 📧 Электрон манзил: [email protected] 🇺🇿 Ўзбекистон Республикасининг Исроил Давлатидаги Элчихонаси
Diposting 3 Apr
Bugun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining bosh nashri – “Ishonch” gazetasining 35 yilligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari nashrlari transformatsiya sharoitida – konvergensiya sari yo‘l” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman ochilishida “Ishonch” va “Ishonch – Доверие” gazetalarining doimo zamon bilan hamqadam bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan, boy tajriba maktabi va mustahkam ijodiy an’analarga ega ko‘p millatli ahil jamoasini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy qutladim. Shu bilan birga, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan strategik yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, ortga qaytmas islohotlar natijalarini xalqimiz va jahon jamoatchiligiga xolis va haqqoniy yetkazishda ushbu nashrlar alohida jonbozlik ko‘rsatayotganini ta’kidladim. Konferensiyada kasaba uyushmalari nashrlarining bugungi transformatsiya jarayonlari, mediakonvergensiya sharoitida bosma va raqamli platformalar uyg‘unligi, ijtimoiy adolatni ta’minlash va mehnat huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni kabi masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda. E’tiborlisi, O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Turkiyaning bu boradagi tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar ham tinglanmoqda. Shu bilan birga, butun milliy jurnalistikamizga daxldor bo‘lgan g‘oyat muhim mavzular ko‘tarilgan. Xususan, mediamahsulotlarni monetizatsiya qilish modellari, ijtimoiy tarmoqlarda mediastrategiya yuritish, jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalanish, raqamli kontent yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish, videojurnalistika va multimedia formatlarining bosma ommaviy axborot vositalari uchun yangi imkoniyatlari haqida bildirilayotgan ilmiy va amaliy fikr-mulohazalar bugun bunday anjumanlar butun matbuotimiz uchun nihoyatda zarur ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan tadbirning barcha tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildiraman. “Ishonch” gazetasi jamoasini 35 yillik qutlug‘ sana bilan yana bir bor tabriklab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman. — Сегодня принял участие в международной научно-практической конференции, организованной по случаю 35-летия главного издания Федерации профсоюзов Узбекистана – газеты «Ishonch». На открытии форума сердечно поздравил многонациональный сплоченный коллектив газет «Ishonch» и «Ishonch – Доверие», который всегда идет в ногу со временем, обладает богатой профессиональной школой и прочными творческими традициями, с этой знаменательной датой. Эти издания проявляют особую преданность делу в объективном и достоверном донесении до нашего народа и мировой общественности сути и значения стратегического курса, направленного на строительство Нового Узбекистана под руководством Президента Шавката Мирзиёева, а также результатов необратимых реформ. На конференции подробно обсуждаются такие вопросы, как современные процессы трансформации профсоюзных изданий, взаимодействие печатных и цифровых платформ в условиях медиаконвергенции, роль средств массовой информации в обеспечении социальной справедливости и защите трудовых прав. Примечательно, что своим опытом делятся также эксперты из Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Азербайджана и Турции. Наряду с этим поднимаются и исключительно важные темы, имеющие значение для всей национальной журналистики. Речь идет о моделях монетизации медиапродуктов, выстраивании медиастратегии в социальных сетях, использовании искусственного интеллекта в журналистике, развитии навыков создания цифрового контента, а также о новых возможностях видеожурналистики и мультимедийных форматов для печатных средств массовой информации. Высказанные на конференции научные и практические соображения еще раз подтверждают, что такие форумы сегодня крайне необходимы всей нашей прессе. В этой связи выражаю искреннюю признательность всем организаторам мероприятия. Еще раз сердечно поздравляю коллектив газеты «Ishonch» с 35-летним юбилеем и желаю конференции успешной работы. Facebook|Instagram|X
Diposting 3 Apr
“Yashil makon” tadbirida diplomatik korpus vakillari qatnashdi “Yashil makon” tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida diplomatik korpus vakillari va xalqaro tashkilotlar ko‘chat ekdi. Turkiya, Yevropa Ittifoqi, Indoneziya, Shveytsariya hamda boshqa davlat elchilari loyiha ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlik uchun muhimligini ta’kidlashdi. 📱Рус | Eng| Facebook | X | YouTube | Instagram
Diposting 2 Apr
⚡️Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlanadi. Mazkur gʻoya yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, jamiyatimiz birligi va hamjihatligini yanada kuchaytirish hamda xalqimizning ezgu orzu-intilishlarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan ustuvor maqsadlarni ifoda etadi. *** ⚡️The 35th anniversary of our country’s independence will be widely celebrated under the main idea: “One Homeland, one people — together we will build a new life and future!” This idea reflects the priority goals aimed at strengthening peace and stability in our country, further reinforcing unity and solidarity within our society, and realizing the noble aspirations of our people. *** ⚡️35-летие независимости нашей страны будет широко отмечаться под главным девизом: «Единая Родина, единый народ — вместе создадим новую жизнь и будущее!». Данная идея отражает приоритетные цели, направленные на укрепление мира и стабильности в нашей стране, дальнейшее развитие единства и сплочённости общества, а также на реализацию благородных устремлений нашего народа. @tivmatbuot
Diposting 1 Apr
Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida boʻlib oʻtgan “Men ham koʻchat ekaman” tadbirlarida mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari faol ishtirok etdi. @tivmatbuot