TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini11,862Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 3 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 4 Apr

🏠Kattaqo‘rg‘on shahri markazidan boshlang‘ich to‘lovsiz, 48 oy muddatga bo‘lib to‘lash asosida Milliy avenuedan premium sifatdagi xonadon egasiga aylaning. 📞Batafsil ma’lumot va xonadon band qilish uchun: +998991188883 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 🌐Telegram | Instagram

964 views

Diposting 4 Apr

Samarqanddagi bankdan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda poytaxtdagi nufuzli tijorat banklaridan birining katta eksperti MCHJ rahbaridan 10 ming AQSH dollarini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u tanishlari orqali Samarqand viloyatidagi banklardan biridan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,060 views

Diposting 3 Apr

🌦Samarqandda 4-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+22° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +17 - +22°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:14 Quyosh botishi: 18:57 🔰Telegram | Instagram | You Tube

909 views

Diposting 3 Apr

Xamdamov Muzaffar yangi lavozimga tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Xamdamov Muzaffar Yazdonkulovich Agentlikning Samarqand viloyati boshlig‘i etib tayinlandi. Muzaffar Xamdamov 1980-yil 27-martda Toyloq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1999-yilda Toyloq tumani hokimligi moliya bo‘limida boshlagan. Turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan va xizmat vakolatlari bilan bog‘liq holatlar sabab lavozimidan ozod etilgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 3 Apr

⚡️Pastdarg‘omda gaz sizib chiqishi holati yuz berdi Bugun, 3-aprel kuni soat 13:45 da Pastdarg‘om tumani “Oq oltin” MFY hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida hodisa sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “MAN” rusumli gaz tashuvchi avtomobildan sig‘imga gaz quyish jarayonida texnologik talablar buzilishi oqibatida gaz sizib chiqishi yuzaga kelgan. Voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari soat 14:02 da yetib borib, soat 15:03 ga kelib sizib chiqish to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, deyiladi viloyat FVB xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

918 views

Diposting 2 Apr

Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi “Hududgazta’minot” AJ Metrologik ta’minot boshqarmasi, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Sh.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSh) tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish davomida shoxobchada loyiha-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan qo‘shimcha kompressor o‘rnatilgani hamda hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal o‘lchash chegarasidan chetga chiqilgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 6 milliard 480 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani qayd etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,030 views

Diposting 2 Apr

Davlat tiliga e’tibor qani? Samarqand shahri markazida, Samarkand City turar joy majmuasi hududida barpo etilgan va yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan savdo markazida tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga mos kelmayapti. Xususan, peshlavhada “Tez kunda” iborasi o‘rniga faqat “Coming soon” jumlasi aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida Qonunining 20-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha peshlavha, reklama, e’lon va boshqa tashqi yozuvlar avvalo davlat tilida rasmiylashtirilishi shart. Boshqa tillardan foydalanish mumkin, biroq ular davlat tilidagi matn bilan birga yoki undan keyin berilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, mazkur holat amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi. Ma’lumot uchun bunday qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik choralarining qo‘llanishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,090 views

Diposting 2 Apr

Urgutdagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi mushtlashdi Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi 2-umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari tomonidan o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu holat bugun maktabning 1-navbatida, 6-soatdan so‘ng ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda. Mazkur voqea yuzasidan ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, holat atroflicha o‘rganiladi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ma’lum qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,050 views

Diposting 2 Apr

Samarqandlik shaxs Xorazmda yirik miqdordagi giyohvand modda bilan ushlandi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX, bojxona hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidagi yuk sumkasi tekshirilganda, payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan 1 kg 460 gr geroin va 27 gr opiy borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor harakatlar davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

939 views

Diposting 1 Apr

⛅️Samarqandda 2-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+30° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +25 - +30°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:16 Quyosh botishi: 18:55 🔰Telegram | Instagram | You Tube

866 views

Diposting 1 Apr

Samarqandda “Kelajak” markaziga yangi rahbar tayinlandi Shodiyeva Zebiniso Nurmamadovna Samarqand viloyati “Kelajak” markazi direktori lavozimiga tayinlandi. U 1980-yil 27-dekabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida turli mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Jumladan, Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Mazkur tayinlovga qadar u A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

960 views

Diposting 31 Mar

⛅️Samarqandda 1-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+30° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +25 - +30°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:17 Quyosh botishi: 18:55 🔰Telegram | Instagram | You Tube

886 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384