TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda Toyloq va Jomboy tumanlarida bir necha firibgarlik holatlari aniqlandi. Toyloq tumanida fuqaro D.B. tanishlari orqali guvohnomani bekor qildirmaslikni va’da qilib, 2 500 AQSH dollarini olgan. Tekshiruv jarayonida ushbu mablag‘ning bir qismi qaytarildi. Jomboy tumanida esa fuqaro F.E. ikki fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, 2 100 AQSH dollarini o‘zlashtirib yuborgan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube