Isi
Paxtachida noqonuniy oltin qazib olish holati fosh etildi Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A., M.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Paxtachi tumani hududida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 tonna ma’danli toshlarni hech qanday ruxsatnomasiz qazib olgani ma’lum bo‘ldi. Ular ushbu xom ashyodan qo‘lbola uskunalar yordamida oltin ajratib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube