TGINSIGHT CHAT
Far·hod·jon
@farhodjon
Edutainmenthttps://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.
Postingan terbaru
Tag: #projects · 3 postingan
Diposting 8 Mar
Hacker News Digest Hacker News’ning eng yaxshi (top) muhokamalarini haftada bir marta dayjest sifatida chop etiladigan kanallar qildim. Har bir muhokamaga havola kichik tushuntirish yoki xulosa bilan keltiriladi. Uchta tilda olib boriladi. • O’zbekcha: @HNDigestUZ • Inglizcha: @HNDigestEN • Ruscha: @HNDigestRU ⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯ Texnologiyalar bo’yicha butun dunyoning asosiy sayti - Hacker News (HN) haqida hamma eshitgan bo’lsa kerak. Eshitmagan bo’lsangiz, YCombinator asoschisi Paul Graham tomonidan qilingan bu saytda texnologiya, biznes, injenerlik, startaplar va hokazo bo’yicha eng asosiy muhokamalar ro’y beradi. Saytdagi muhokamalarning katta qismi yangilik va boshqa maqolalarga havola. Muallif yoki ixtiyoriy Hacker News foydalanuvchisi manbaga havola qoldiradi va shu yerda muhokama qilinadi. Lekin Show HN, Ask HN kabi maxsus ruknlar bor. Bu yerdagi muhokamalar HN’ning o’ziga tegishli. Masalan, 2007-yilda Dropbox asoschisi mahsulotini aynan Hacker News’da e’lon qilgan. Saytning o’zi bu yerda: https://news.ycombinator.com ⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯ Yaratilgan kanallar Telegram auditoriyasi uchun. Lekin Telegram’ning o’ziga xos cheklovlari bor. Shu sababli, dayjestning har bir soni bir nechta xabar sifatida chop qilinadi: har bir rukn alohida xabar. Yangi soni har hafta shanba kuni chiqadi. Ikkita soni allaqachon tayyor. Har bir muhokamada ham maqolaga, ham HN’ga havola beriladi. HN muhokamasi izohlar soniga bog’langan. Asosiy birinchi xabar esa keyingi ruknlarni ham ko’rsatadi. Fikrlar - izohlarda. Tarqatuvchilarga juda katta minnatdorligim! • @HNDigestUZ • @HNDigestEN • @HNDigestRU @farhodjon#projects#hn_digest
Hashtags
Diposting 2 Mei
Typographer📝 Tunov kuni vaqt intervallarida qaysi chiziqchani ishlatishni muhokama qilgandan keyin o’zimga ham, boshqalarga ham ishni osonlashtirish uchun “Typographer” nomli GPT yaratdim. Ixtiyoriy berilgan matnning tipografikasini yaxshilab beradi: xatolarni tuzatadi, maxsus belgilarni to’g’ri qo’llaydi, matnni o’qishga qulaylashtiradi. Har bir qilgan o’zgarishini keyin tushuntirib ham beradi. Ingliz tilida ham, o’zbek tilida ham yaxshi ishlayapti. Masalan, kun.uz’dagi maqoladan manavi matnni yubordim: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Champion'ni bojxonadan olib o‘tish to‘lovlari qanday o‘zgarayotgani ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, 1 maydan e’tiboran bu avtomobil uchun bojxona yig‘imi – 937 ming so‘m, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming so‘m, utilizatsiya yig‘imi – 45 mln so‘m – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming so‘mni tashkil etadi. GPT esa uni quyidagicha yaxshiladi: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Champion’ni bojxonadan olib o‘tish to‘lovlari qanday o‘zgarayotgani ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, 1-maydan e’tiboran bu avtomobil uchun bojxona yig‘imi – 937 ming so‘m, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming so‘m, utilizatsiya yig‘imi – 45 mln so‘m – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming so‘mni tashkil etadi. Va quyidagi sabablarni keltirdi: - apostrof va diaktrik belgilarni to’g’riladi - sonlardan keyin uzilmaydigan bo’shliq (non-breaking space) qo’ydi - chiqimlar va mashina modelini ajratish uchun qalinlashtirdi - “1 maydan” iborasida “1”dan keyin chiziqcha qo’shdi: “1-maydan”. Quyidagi havola orqali sinab/ishlatib ko’rish/yurish mumkin: https://chatgpt.com/g/g-6811226402848191bb24e82c80eaec9c-typographer @farhodjon#projects#ai
Diposting 1 Sep
UX Sensei 🧐 ChatGPT skrinshotlarni yaxshi tushunadi va skrinshot asosida dizaynni yaxshilash bo’yicha maslahatlar beradi. Yil boshida bu haqida yozgandim ham. Ishni yanada osonlashtirish uchun alohida GPT yaratdim: UX Sensei. U chatga yuborilgan skrinshotlarni tahlil qiladi va eng yaxshi tajribalar asosida maslahatlar beradi. Maslahatlarda mashhur dizayner va studiyalarning takliflarini hisobga oladi. Masalan, kun.uz saytining bosh sahifasini UX Sensei’ga yuborilganda olingan maslahatlarning qisqacha tarjimasi: Vizual iyerarxiya: Sarlavha va asosiy rasm orasida yaxshiroq kontrast yarating. Sarlavha o'lchamini biroz kichraytiring yoki boshqa shrift vaznidan foydalaning. O‘qish qulayligi: Kategoriyalar orasidagi bo'shliqni oshiring va shriftni kattaroq yoki qalinroq qiling. Kontent tartibi: "So’nggi yangiliklar" bo‘limiga ko‘proq bo‘sh joy qo‘shing. Elementlar sonini cheklang yoki "ko‘proq ko‘rsatish" tugmasini qo‘shing. Navigatsiya aniqligi: Tanlangan kategoriyani yaxshiroq ko‘rsatish uchun rangni o‘zgartiring yoki tagiga chizing. Mobil javob berish: Dizaynni mobil qurilmalarda sinab ko‘ring. Kattaroq sensorli maydonlarni taqdim eting va kichik ekranlarda ko‘rsatiladigan elementlar sonini kamaytiring. Foydalanuvchi jalb qilish: “Muharrir tanlovi” bo‘limini ajralib turishi uchun boshqa fon rangi yoki soyadan foydalaning. Albatta, asosiy ChatGPT imkoniyatlari mavjud: berilgan maslahatlarni aniqlashtirish, qisqartirish yoki turli tillarda “gaplashish” mumkin. UX Sensei bu yerda: https://chatgpt.com/g/g-LlsspG1aD-ux-sensei Savollar va takliflar - izohlarda. @farhodjon#projects
Hashtags