TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi

@libraryacademyuz

Pendidikan

Pelanggan184Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak677Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini1,510Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 57 · 677 postingan

Diposting 12 hari yang lalu

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 26-may kuni “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi. 🤔 Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, asarlar mualliflari hamda ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shuningdek, sohaga oid ilmiy maqolalar yuzasidan fikr almashilib, qiziqarli suhbat va mulohazalar bildirildi. 📚 Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida alohida ta’kidlandi. Xodimlar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan tavsiyalar berilib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasida taklif va muhokamalar olib borildi. 💬“Kitobxonlik soati” barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, kitob mutolaasi insonning ma’naviy ozuqasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bunday tadbirlar kutubxona xodimlarining bilim va tafakkurini boyitish bilan birga, kitobxonlarga sifatli tavsiyalar berish hamda kitobga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

29 views

Diposting 26 hari yang lalu

📚 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🧑‍💻 Ko‘rgazmada olimning ilmiy faoliyati, zoologiya fanini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda boy ilmiy merosini yorituvchi kitoblar, maqolalar va bibliografik manbalar o‘rin olgan. 📝 Mazkur ko‘rgazma kitobxonlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda yosh avlodni buyuk olimning boy ilmiy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

121 views

Diposting 26 hari yang lalu

✔️ 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz - xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. 🧠 Xotira kechasida kutubxonamiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati hamda insoniy fazilatlari bilan yorqin va o‘chmas iz qoldirgan ustoz va faxriy xodimlar yodga olindi. ✨ Tadbir davomida kutubxonamizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan sobiq direktor Umarov Nabi G‘aniyevich, direktor o‘rinbosarlari Qodirov Baxtiyor hamda Keryanova Taisya Yakovlevna, bosh bibliograf Jo‘rayeva Sora opa haqida iliq xotiralar, ularning kutubxona rivoji yo‘lidagi xizmatlari ehtirom bilan tilga olindi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

60 views

Diposting 7 Mei

🟢Hurmatli kitobxonlar va mehmonlar! 🤔 Sizlarni 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan “Inson aziz - xotira muqaddas” nomli xotira kechasiga taklif etamiz. 💬 Mazkur tadbirda yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, ularning jasorati va matonati haqida so‘z yuritiladi. 📍 Tadbir 8-may kuni soat 11:00 da kutubxonamizning Faollar zalida bo‘lib o‘tadi. 🧠 Barchangizni ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda kutib qolamiz! 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

123 views

Diposting 7 Mei

✔️Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas. Qadr - abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi 📚 Ko‘rgazmada urush va mehnat faxriylarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar, xotira va qadrlash mavzusidagi kitoblar, maqolalar to‘plamlari o‘rin olgan. ✨“Xotira muqaddas. Qadr - abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasidagi adabiyotlarda tarixga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari keng yoritilgan. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

115 views

Diposting 9 Apr

🐴Bugun, 9-aprel - buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, markazlashgan qudratli saltanat asoschisi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda ✨ Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan bo‘lib, o‘zining beqiyos jasorati, strategik tafakkuri va qat’iyati bilan ulkan saltanat barpo etgan. Uning hukmronligi davrida ayniqsa Samarqand shahri gullab-yashnab, ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik markaziga aylangan. ▶️ Sohibqiron ilm ahliga, olimlar va san’atkorlarga alohida e’tibor qaratib, yurt taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Kuch adolatdadir” degan hikmatli so‘zlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 🧑‍💻 Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada Amir Temur davri tarixi, Temuriylar sulolasi merosi, shuningdek, Sohibqironning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati va bunyodkorlik faoliyatini yorituvchi nodir kitoblar va manbalar o‘rin olgan. 🧠 Buyuk ajdodimiz Amir Temurning nomi va boy merosi xalqimiz qalbida abadiy yashaydi! 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

192 views

Diposting 30 Mar

📢 📢 📢 📢 📢 🧹2026-yil 31-mart kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Tozalik kuni” deb e’lon qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

174 views

Diposting 30 Mar

✔️Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 632 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi 📚 Ko‘rgazmada Mirzo Ulug‘bekning mashhur “Ziji Ko‘ragoniy” asari, astronomiya va matematika sohasiga oid ilmiy ishlari, shuningdek, uning hayoti va faoliyatini yorituvchi tarixiy va zamonaviy adabiyotlar alohida o‘rin egallagan. Bundan tashqari, allomaning Ulug‘bek rasadxonasidagi ilmiy faoliyati, o‘sha davr ilmiy muhitini aks ettiruvchi asarlar ham joy olgan. ⭐️ Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) - buyuk o‘zbek astronomi, matematik va davlat arbobi, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan. U Samarqandda hukmronlik qilgan va ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ulug‘bek tarixda eng mashhur olimlardan biri sifatida tanilgan. U Samarqandda Ulug‘bek rasadxonasini barpo etib, osmon jismlarini o‘rganish bo‘yicha katta ilmiy ishlar olib borgan. Uning eng mashhur asari - “Ziji Ko‘ragoniy” bo‘lib, unda yulduzlar jadvali juda aniq hisob-kitoblar asosida keltirilgan. Bu asar uzoq yillar davomida Sharq va G‘arb olimlari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. ✨ Mirzo Ulug‘bek ilm-fanga qo‘shgan hissasi bilan jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim o‘rin egallaydi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

152 views

Diposting 30 Mar

📚Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi 🌀 Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda nashr etilgan she’riy to‘plamlari, dostonlari, publitsistik asarlari hamda tarjimalari keng o‘rin olgan. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy asarlar ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. 🤔 Shoir 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tavallud topgan. U o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, sermazmun va falsafiy ruhdagi she’rlari bilan keng kitobxonlar mehrini qozongan. 📝 Abdulla Oripov 1983-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shu yili unga “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi, 1998-yilda esa shoir “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

132 views

Diposting 25 Mar

✔️ Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🌺 Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan milliy raqslar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Navroʻzning boy an’analari, qadriyatlari va xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik fazilatlari yana bir bor yoritib berildi. ✨ Bayramona ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

157 views

Diposting 25 Mar

✔️ Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida joriy yilning 24-mart kuni tadbir tashkil etildi 🤔 Mazkur tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xodimlar va foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari keng yoritildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. 🌀 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur tavsiyalar bilan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar fuqarolarning xushyorligini oshirish va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

132 views

Diposting 21 Mar

✔️ Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Navro‘zi olam muborak!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📚 Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, qadimiy urf-odatlarimiz, bahor faslining go‘zalligi hamda xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi turli badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda milliy an’analarga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌸 Yurtimizga fayz-u baraka olib kiruvchi Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin! 📣Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi 🌐Web-site 📱Telegram📒Facebook 📸Instagram

123 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••555657
SebelumnyaHal. 1 dari 57Berikutnya