TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
MUHAMMAD HODIYEV avatar

TGINSIGHT CHAT

MUHAMMAD HODIYEV

@muhammad_hodiy

Linguistik

Butun umr kuzda yashasang.

Pelanggan214Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak695Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini1,499Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 1 dari 58 · 695 postingan

Diposting 11 hari yang lalu

Erkin A’zam, Usmon Azim, Olimjon Davlatov, Zebo Mirzo, Botir Ergashev, Shahriyor Shavkat, Bayramali Qo’ldoshev, Ilmira Rahimjonova, Shokir Holiqov — Prezident bir guruh ijodkorlarni davlat mukofotlari bilan mukofotladi.

11 views

Diposting 15 hari yang lalu

Maintenant, je dois rentrer littéraire!!! @Muhammad_Hodiy

76 views

Diposting 18 hari yang lalu

Ko'ngil bitiklari... Ichikish ijro: Malikabonu muallifi: @Muhammad_Hodiy @davlatbilol

98 views

Diposting 18 hari yang lalu

Ko'ngil bitiklari... Ichikish ijro:Malikabonu muallifi:@Muhammad_Hodiy @davlatbilol

93 views

Diposting 19 hari yang lalu

Qushlar Haq dalasin doniga bordi, Toza ruh oshiqning joniga bordi, Sevgan sevilganning yoniga bordi, Men sening yoningga keldim, sevgilim. Jilg‘a yugurgani kabi daryoga, Qo‘llar talpingani kabi duoga, Banda topingani kabi Xudoga, Men sening yoningga keldim, sevgilim. Izhorga loyiq vaqt vidoga ketdi, Gadodan olganim gadoga ketdi, Tan yerga ketdi, jon samoga ketdi, Men sening yoningga keldim, sevgilim. Ko‘nglimiz Vomiqdir, Uzroga qochgay, Shayximiz San’ondek tarsoga qochgay, Xudoyim quvgan qul Xudoga qochgay, Men sening yoningga keldim, sevgilim. Mansur Jumayev @Muhammad_Hodiy

109 views

Diposting 25 hari yang lalu

*** To harir tong otmas deraza, G’ichirlab tinchlikka joy bermas. Gavharim, ay nozik dilbarim, Ko’ksimda uxlab ol bir nafas. Quloq sol, osmonning shirasi, Ismingni ataydi qastma-qast. Ey orzum daraxti mevasi, Ko’ksimda uxlab ol bir nafas. Har tomon sachraydi yuragim va senga imdod der jim, besas. Nigohing toliqdi qaragin, Ko’ksimda uxlab ol bir nafas. Qora tun sochlaring – umrimning yo’liga yozilgan chambarchas. Mayinroq yostig’i ko’nglimning, Ko’ksimda uxlab ol bir nafas. Ko’zlaring quyoshdek botadi, Oy kabi tug’ilar hur havas. Xayoling qo’ynimda yotadi, Ko’ksimda uxlab ol bir nafas!!! Muhammad 07.02.2024 @Muhammad_Hodiy

135 views

Diposting 28 hari yang lalu

Seni olib ketsam tumanzorlarga Tumanzorlar ichra sumanzorlarga... 🎤Asilbek Eshonov ✍ Sirojiddin Sayyid @suhrob_ziyo1

188 views

Diposting 29 hari yang lalu

* Ёшлар ёзадилар ЛАҲЗА ҚЎШИҒИ Унинг кўзларига узоқ термулдим, Бу дам нигоҳида олам-олам сир. Қароқлар жилмади, ёшга ғарқ бўлди... “Севаман” дер эди уларда кимдир. Унинг кўзларига узоқ термулдим, Киприклари узра қотиб қолди ёш. Ўксинди, оғринди тақдир ишидан, Сўнгра ўнг елкамга қўйиб кетди бош. Ўзи ҳам ишонмай сўз қотди кейин, “Йўқ” деди дафъатан – нафаси йиғлар. Севгимни рад этса, ахир, не дейин?!.. “Севаман” дер эди лек қорачиқлар. Яна кўзларига боқдим хастаҳол, Унда зуҳур эди севги ва ҳижрон. Мана, сўзларини келтирди шамол, Юрагимни ювди коса-коса қон. Елкамга бошини қўйганча кетар, Томирларга кўчар самовий туйғу... Тугади. Автобус манзилга етар, Лек унда қолишни истайман мангу. Муҳаммад ҲОДИЕВ Уланиш учун:https://t.me/ijod_bustoni

177 views

Diposting 10 Mei

*** Bunday qaramang deysan Men bunday qaradimmi? Laylosiga mubtalo Majnunday qaradimmi? Qayrlimaqosh, qarasam qarabmanda axtarim. Yurgan edim qovurg'am Davomini axtarib. Qanday qilib ko‘zimni Uzolgayman tamomi. Buncha go‘zal bo‘lmasang Qovurg'amning davomi?! Mansur Jumayev @Muhammad_Hodiy

160 views

Diposting 7 Mei

#tahrirsiz Sanamgul, Isming yuragimga mixlanib qolgan. Gilos harflarin pichirlar labim, Seni bir koʻrishda sevganim rostdir, Yulduzlarni sevib qolganim kabi. Sanamgul, Shamol sochlaringga qoʻlin uzatar, Yomgʻirlar poklaydi dudoqlaringni. Lablarim xumori tanangga koʻchar, Oʻpib qoʻygim kelar barmoqlaringni. Sanamgul, Choʻkib ketyapti tunlarim bedor, Suzib yetmoqdaman tongga atayin. Senga aytilmagan izhorlarim bor. Senga berilmagan gullarimdayin. Unutmadim, maysa kipriklaringni, Va Usta naqshlagan qoshlaringni ham. Sogʻinib chiqaman axir sogʻinib, Har kech oymomoda nigohing koʻrsam. Sanamgul, Xayolim iplari ketdi chalkashib, Bir umid yoʻllagin xatimni olsang. Maysa kiprigingda qolgum adashib, Sevishim aytaman koʻrishib qolsak. SanamGul. Muhammad Hodiyev @Muhammad_Hodiy

147 views

Hashtags

Diposting 7 Mei

Shoir oʻgʻlim ketdi deya tortsang figʻon, Dodginangdan aylanayin, Buxorojon! Shodmon Sulaymon @Muhammad_Hodiy

148 views

Diposting 7 Mei

Boshingni yelkamga tashlagan mahal, Qalbimda bogʻlandi umid iplari. Kengayib ketgandi qorachiqlaring, Koʻz yoshlar muzladi, kipriklar uzun, Tugamasin dedim bu chiroyli tun. Boshingni yelkamga tashlagan mahal! Maysalar shudringga choʻlgʻonib ketdi, Oy yuzin berkitdi uyalganicha. Shirin tuygʻularga burkandi kecha, Koʻzimda yoshlarim toʻlgʻonib ketdi. Ichimni tirnagan gʻamlar yoʻqoldi, Yulduzlar kaftimga nurini soldi, Suv va yomgʻirlarni sarmast etguvchi, Sochingning hidlari koʻksimda qoldi Boshingni yelkamga tashlagan mahal! Muhammad Hodiyev @Muhammad_Hodiy

157 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••5758
SebelumnyaHal. 1 dari 58Berikutnya