TGINSIGHT CHAT
MARKAZDA YOSHLAR
@markazda_yoshlar
CareerMurojaat yoki taklifingiz bormi? Botga yozing, tezda javob beramiz: 👉@TezkorQabulBot 👉@Markazda_yoshhamkor Yoshlar! Sizni qiynayotgan masalalarga yechim topish, axborot olish, yangi g‘oyalar sari ilhomlanish uchun hoziroq safimizga qo'shiling.
Kiriman terkini
Kaca 1 saka 84 · 1,001 kiriman
Diterbitake 19 Apr
#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Hashtags
Diterbitake 18 Apr
#ijodkor_talaba #audio_javon 🎙Ibrohimova Mohlaroy, Qo‘qon davlat universiteti talabasi 🔤ytgancha, siz ham o'z ijod namunalaringizni omma e'tiboriga havola etish istagida bo'lsangiz, hoziroq @markazdayosh_bot ga yuboring. Biz iste'dodlarni kashf etishda davom etamiz. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Hashtags
Diterbitake 18 Apr
✅Bir g‘oya — yuzlab imkoniyatlarga yo‘l ochmoqda 📍Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi Qo‘chqorova Marjona Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlanib, unga 130 million so‘m mablag‘ ajratildi. ✅Natijada, u tomonidan tashkil etilgan o‘quv markazi yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi. 🎓Endilikda hudud yoshlari bilim olish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tmaydi, sifatli ta’lim endi o‘z mahallasining o‘zida. ✅Bu esa, nafaqat bir markaz, balki yoshlar uchun yangi marralar sari dadil qadamdir. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
🪖“Shijoat va g‘ayrat” — mardlik va matonat sinovi ✅ Ayni paytda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining Nurobod tuman bosqichi tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. 📌 Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, harbiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. ⚙️ Musobaqa nizomiga muvofiq, ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashadilar: — jismoniy tayyorgarlik sinovlari — harbiy-amaliy mashqlar — chaqqonlik va tezkorlikka oid estafetalar — jamoaviy hamkorlikni talab etuvchi topshiriqlar 🏃♂️Bellashuvlar davomida ishtirokchilarning kuchi, chidamliligi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 🇺🇿Ushbu musobaqa yoshlarni mardlik, jasorat, fidoyilik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatlidir. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
📚Xorazmda "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi boshlandi! 🔥 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilayotgan nufuzli loyihaning viloyat bosqichiga start berildi. Tuman va shaharlarda g'olib bo'lgan eng zukko yoshlar endi navbatdagi marra uchun bahs olib borishadi. 📚 Viloyatda birinchilikni qo'lga kiritgan kitobxonlar to'g'ridan-to'g'ri Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar! 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 🔥Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz chegirma beriladi Vazirlar Mahkamasi qarori (175-son, 16.04.2026 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔴Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi: 🟢 ko‘chmas mulk ob’yektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari; 🟢 muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari; 🟢 umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari; 🟢 traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish byo‘icha davlat xizmatlari; 🟢 rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar. Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor o‘rinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitilishi belgilandi. 🔴Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish va o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
#yoshlar_oshxonasi 💥Grechkadan ajoyib nonushta tayyorlaymiz. 🧅Kerakli masalliqlar: 🔤Qaynatilgan grechka-1piyola 🔤Petrushka-tabga koʻra 🔤Yogʻ, piyoz-1dona 🔤Kabachka-0,5dona 🔤Pomidor-1dona 🔤Tuxum-5/6dona 🔤Tuz, murch 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Hashtags
Diterbitake 18 Apr
❗️Nogiron bolalar parvarishi uchun soliq imtiyozlari joriy etildi O‘zbekistonda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlariga oid yangi soliq yengilliklari belgilandi. Unga ko‘ra, ota-onalar tomonidan har bir farzand uchun oyiga 3 mln so‘mgacha to‘lanadigan parvarish xarajatlari soliqdan ozod etiladi. 🏢 Shuningdek, kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar: ➖ ijtimoiy soliqdan tashqari barcha turdagi soliqlardan; ➖ 2030 yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda ozod qilinadi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
📌O‘zbekiston maktablarida yakuniy imtihonlar sanasi e’lon qilindi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 14-apreldagi tegishli ko‘rsatma xatiga asosan, 2026-yilda 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar va sanalar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilari uchun majburiy fanlardan imtihonlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) — 1️⃣-iyun kuni yozma shaklda, Matematika — 4️⃣-iyun kuni yozma shaklda, O‘zbekiston tarixi — 8️⃣-iyun kuni yozma va og‘zaki shaklda. Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 1️⃣–6️⃣-may kunlari amaliy shaklda bo‘lib o‘tadi. ⏩11-sinf o‘quvchilari uchun esa majburiy fanlardan imtihonlar quyidagicha belgilangan: ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) — 2️⃣-iyun kuni yozma shaklda, Matematika (asosiy va chuqurlashtirilgan) — 5️⃣-iyun kuni yozma shaklda, O‘zbekiston tarixi —9️⃣-iyun kuni yozma shaklda. 🔴Bundan tashqari, 11-sinf bitiruvchilari uchun tanlov fanlari ham majburiy hisoblanadi. Ular orasida turli tillar va adabiyotlar, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari hamda chet tili fanlari mavjud bo‘lib, ushbu imtihonlar 12- va 15-iyun kunlari yozma, ayrimlari yozma va og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Vazirlik tomonidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish tartibi va spetsifikatsiyasi ham alohida tasdiqlangan. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
📌HEMIS tizimi yana yangilandi! ❓ Bu galgi yangilangan versiyada qanday o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar yaratildi? 1️⃣ OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida Yordamchi-texnik roli qo‘shildi; 2️⃣ Tizim “Yagona milliy mehnat tizimi” bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan avtomatik tekshiriladi; 3️⃣ Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash buyrug‘i funksiyasi ishlab chiqildi; 4️⃣ Talabalar va mas’ullar endi shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin; 5️⃣ Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi; 6️⃣ Talaba profilida hujjatlarni plagiatga tekshirish uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi; 7️⃣ Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi. 🔴Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki tizimlar bir-biri bilan bog‘landi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Diterbitake 18 Apr
#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube
Hashtags
Diterbitake 17 Apr
🔴“Jahon chempioni bo‘laman va keyingi safar Abdusattorov bilan o‘ynayman” — Javohir Sindorov U yil oxirida jahon shaxmat tojini qo‘lga kiritib, keyingi chempionlik o‘yinini Nodirbek Abdusattorovga qarshi o‘tkazishga umid bildirdi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵Facebook. 🎬You tube