TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
Uxcel.uz avatar

TGINSIGHT CHAT

Uxcel.uz

@uxceluz

Design

🚀 UX/UI dizaynni o‘zbek tilida o‘rganing; 💡 Yosh dizaynerlar uchun foydali maslahatlar va amaliy darslar; 🎨 Ilhom va yangi g‘oyalar siz bilan!

Pelanggan22Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak14Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini78Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Tag: #techvalue · 1 kiriman

当前筛选 #techvalue清除筛选

Diterbitake 1 Jan

Texnologik qiymat (Technology value) Axborot arxitekturasi (IA) nafaqat front-end dizaynda, balki backend (orqa tomondagi) ma’lumotlarni samarali boshqarishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xuddi yaxshi qurilgan binoning mustahkam poydevori bo‘lishi kerakligi kabi, yaxshi tashkil etilgan IA ma’lumotlarni mantiqan tuzadi va ma’lumotlar bazalarida samarali saqlashga yordam beradi. Backenddagi bunday sayt yoki ilovalarga ma’lumotni tezkor qayta ishlash va olish imkonini beradi, natijada foydalanuvchi tajribasi yaxshilanadi. Masalan, e-commerce (onlayn savdo) platformasini olaylik. Backendda yaxshi tuzilgan IA bo‘lsa: - foydalanuvchi hisoblarini boshqarish, - mahsulot kataloglarini tartibga solish, - tranzaksiya tarixini saqlash osonlashadi. Shu bilan foydalanuvchilar: - xarid tarixini tez ko‘ra oladi, - shaxsiy tavsiyalar oladi, - va xaridlarni muammosiz amalga oshiradi. Agar IA yetarlicha yaxshi tashkil etilmasa, backend tizimi tartibsiz va sekin ishlaydigan bo‘lib qoladi, ma’lumotlarda xatoliklar yuzaga keladi va foydalanuvchi tajribasi yomonlashadi. Shunday qilib, IA ga sarmoya kiritish — bu faqat intuitiv front-end interfeys yaratish emas, balki backenddagi ma’lumotlarni boshqarish va qayta ishlashni optimallashtirish hamdir. @uxceluz #UX#IA#techvalue

78 views