Įrašo turinys
#freelancer Qanday qilib frilanser bo’lish mumkin? Ko’pgina talabgorlarning aytganidek, oliy ma’lumotli va doktorlikni yoqlagan bo’lish shart emas. Buyurtma beruvchini bular emas, Siz ishni qanday bajara olishingiz, qo’yilgan maqsadga intilib uni qanchalik yahshi bajarishingiz qiziqtiradi. Agarda Siz bu ishlardan birortasi haqida bilimga ega bo’lsangiz yoki qiziqsangiz, sizda frilanser bo’lish uchun yahshigina imkoniyat bor. Texnik tomonlama bularni amalga oshirish uncha qiyin narsa emas – frilanserlar birjasida ro’yxatdan o’tish, anketa to’ldirish va buyurtmalar kelishini kutsangiz bas. Variant sifatida, buyurtmachiga o’zingiz murojaat etib, undagi vazifani Siz bajara olishingizni aytishingiz mumkin. Nega aynan birjalar? Bu shunday joyki, u yerda yangilar uchun mo’ljallangan osonroq vazifalarni bajarib tajriba yig’ish kerak. Tajribaga boy frilanserlar esa o’zlari, o’rtadagi odamlarsiz buyurtmachini qidirishadi, masalan sayt ochib o’zlarining xizmatlarini taqdim etishadi. Nimalarni bilib oldik: Frilanser bu – shtatda bo’lmagan, rasmiy ravishda xodim sanalmaydigan ishchidir. Xozirgi kunda ularning davrasi nafaqat internetda, balki hayotimizda ham kengayib bormoqda, shunday bo’lsa ham, ko’pgina odamlar “frilans” haqida gapirganda, internetda masofadan turib ishlashni nazarda tutishadi. Agarda bu usul orqali pul topishni rejalashtirgan ekansiz, buyurtma olishda tug’iladigan qiyinchiliklarga va katta raqobat maydoniga ko’nikishingizga to’g’ri keladi. Qandaydir zo’r tomonga ega bo’lish shart emas, lekin birorta ishni boshqalardan yahshi qila olishingiz kerak. Faqatgina tajriba amaliyotlari orqali oddiy ishchidan eng kerakli mutaxassisga aylanish mumkin. Manba:pul-ishlash.ru 🏆Designers channel