@uztmk_official · Post #2923 · 30.09.2025 г., 13:13
#TMK #AQSh ⚡️TMK delegatsiyasi AQShda - MS&T25 xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etmoqda 🇺🇸Ayni paytda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati delegatsiyasi AQShning Ogayo shtatida o‘tayotgan “Materialshunoslik va muhandislik texnologiyalari – 2025” (MS&T25)xalqaro anjumanida faol ishtirok etmoqda. Anjuman materialshunoslik, metallurgiya va muhandislik sohalaridagi eng ilg‘or tadqiqotlarni taqdim etuvchi yirik global maydon bo‘lib, unda 3000 dan ortiq mutaxassislar qatnashmoqda. 🔥 Ahamiyatli tomoni, anjuman davomida TMK Boshqaruv raisi Farhod Abdullayev, UBS kuzatuv kengashi raisi, professor Elyorjon Jumayev hamda Boshqaruv raisining Innovatsiya va texnologik rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Amir Abidov hammuallifligida tayyorlangan “Effect of copper addition on high-temperature mechanical properties of Ni-based multi-principal element alloys” mavzusidagi ilmiy ma’ruza xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi. 🇺🇿Mazkur ma'ruza "ta’lim, ilm-fan va sanoat" zanjirini shakllantirishga xizmat qilib, xalqaro hamjamiyatda Oʻzbekistonning ilmiy yutuqlarini yanada mustahkamladi. ⏺Anjuman davom etmoqda, tafsilotlarni biz bilan kuzatib boring. 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram