@handicraftman · Post #55227 · 12.03.2026 г., 05:18
#Atlas bayrami 📌 2018-yilda Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali o‘tkazilgan ⚡️2018-yil 11–15-sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida an’anaviy to‘qimachilik festivali — “Atlas bayrami” bo‘lib o‘tdi. Festivalda Xitoy, Ispaniya, Indoneziya, AQSH, Fransiya, Madagaskar, Mongoliya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kabi 10 dan ortiq davlatlardan mehmonlar ishtirok etdi. 🎓 Festival doirasida Marg‘ilon Hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga UNESCO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar reyestriga kiritilganligi haqida sertifikat topshirildi. 📊2018-yil 11–13-sentabr kunlari yosh hunarmandlar va dizaynerlar uchun: ✅an’anaviy kashtachilik, ✅kigizchilik san’ati, ✅milliy matolar asosida kiyim dizayni, ✅hunarmandchilik tadbirkorligi yo‘nalishlarida treninglar tashkil etildi. 📊Unda 60 ga yaqin yosh hunarmand va dizaynerlar qatnashdi. 📊Festival dasturidan: 1️⃣yosh dizaynerlar kolleksiyasining defile namoyishi, 2️⃣“Buyuk ipak yo‘li: an’analarni davom ettirib…” nomli an’anaviy to‘qimachilik ko‘rgazmasi, 3️⃣xalq sayillari va konsert dasturlari, 4️⃣askiyachilar, kurashchilar va dorbozlar chiqishlari, 5️⃣qo‘g‘irchoq tomoshalari, 6️⃣“Hunarmandlar shaharchasi” yarmarkasi o‘rin oldi. 🇺🇿Festivalning asosiy maqsadi — milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, uni targ‘ib qilish va kelajak avlodga yetkazish, shuningdek yoshlar hamda xotin-qizlarni hunarmandchilik sohasida qo‘llab-quvvatlashdan iborat. ✅Faсebook| ✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags