@katm_kredit_byurosi · Post #318 · 19.09.2025 г., 13:13
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 📣Endilikda jismoniy shaxslar uchun “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash” xizmatini yurtimiz hududida joylashgan barcha ⚪️Davlat xizmatlari markazlari orqali ham faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyati yaratildi❕ ⚖️🪙 ⚠️“Kreditga ta’qiq” xizmati orqali firibgarlardan himoyalaning! ‼️Mazkur xizmatdan Siz o‘zingizga yaqin bo‘lgan istalgan Davlat xizmatlari markaziga 🇺🇿 tashrif buyurgan holda, o‘z shaxsingizni tasdiqlash orqali foydalanishingiz mumkin. ✅Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi “Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki ushbu reyestrdan chiqarish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 522-sonli qarori. ➡️Shuningdek, foydalanuvchilar “Kreditga taqiq” xizmatini onlayn tarzda mustaqil yoqish yoki o‘chirish imkoniyatiga egalar 1️⃣👍“KATM” mobil ilovasi orqali - «Ommabop xizmatlar» bo‘limidan «Kreditga taqiq» xizmati. 🤖Android|🍎AppStore|😇Huawei AppGallery 2️⃣🪙 Kredit byurosining veb-saytida shaxsiy kabinet bo‘limidan. 📞 Call-markaz: (+998) 712034747, 🌐@katm_uz 3️⃣🔵 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va uning mobil ilovasi orqali "Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash" sahifasidan foydalanish mumkin. 🌐@MyGovUz, @eGovUz #KATM#Kiberxavfsizlik 🌐Website🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬Youtube🎰Linkedin
Hashtags