@armygovuz · Post #111 · 26.06.2025 г., 09:32
📢#Qonun : Oliy ta’lim talabalarini armiyaga chaqirish haqida Savol: Oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladimi? ✅ Javob: “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga ko‘ra: Oliy ta’limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi. Ya’ni, ular o‘qishni tugatmaguncha xizmatga chaqirilmaydi. 🎓 Ammo: kunduzgi va kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinishi mumkin. Bunday holatda ular iyul-avgust oylarida bir oylik harbiy yig‘inlarga jalb etiladi. @mudofaa_vacancy
Hashtags