@uzmetaxborotxizmati · Post #52749 · 07.04.2026 г., 05:02
#tavsiya Hurmatli yurtdoshlar va aziz ota-onalar!Elektr qurilmalari, xususan, podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘ta xavfli hudud hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarning bunday joylarda o‘ynashi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Iltimos, farzandlaringizni: 🔴Podstansiya va transformator punktlari yaqinida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. 🔴Elektr simlari ostida va podstansiyalar yaqinida varrak uchirishiga ruxsat bermang. 🔴Uzilgan yoki osilib turgan simlarga yaqinlashtirmang. ⚠️Bolalar faqat maxsus o‘yin maydonchalarida va xavfsiz hududlarda o‘ynashi kerak. ❗️Yodda tuting, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar yaqinida varrak uchirish mumkin emas. Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
Hashtags