Метод строки isidentifier() поможет узнать, подходит ли данная строка в качестве имени объекта.
Вполне может заменить самостоятельно придуманную регулярку.
>>> 'some_name'.isidentifier()
True
Обычное имя переменной
>>> '私は手紙です'.isidentifier()
True
Юникод в качестве имени тоже доступен
>>> '1_name'.isidentifier()
False
Имя не может начинаться с цифры
>>> '੬_name'.isidentifier()
False
Включая все цифры юникода
>>> 'some name'.isidentifier()
False
Пробелы недопустимы
#basic
UX dizayn ortidagi haqiqat...
UX dizayn – bu faqat chiroyli ko‘rinish emas, balki foydalanuvchi ehtiyojlariga moslab ishlab chiqilgan tizimli yondashuv. Har bir tugma, sahifa oqimi, joylashuv — bular ortida logika, tahlil va tajriba yotadi.
Yaxshi UX dizayn bo‘lsa:
1. Platformaning struktura va navigatsiyasi aniq bo‘ladi,
2. Foydalanuvchi chalkashmaydi,
3. Dasturchi aniq yo‘l-yo‘riq bilan ishlaydi,
4. Ishlab chiqish jarayoni tezlashadi, xatolar kamayadi,
5. Va nihoyat, mahsulot muvaffaqiyatli chiqadi.
Shuning uchun UX dizayn — sarmoya hisoblanadi. Va bu xizmat arzon bo‘lishi kutilmasligi lozim. Chunki u platformaning asosiy poydevorini tashkil qiladi.
UX bo‘lmasa nima boʻlardi:
— Foydalanuvchi chalkashadi: sayt tushunarsiz bo‘ladi;
— Dasturchi yo‘nalishsiz ishlaydi: strukturani tuzishga qiynaladi va yana ham koʻproq toʻlov soʻraydi.
— Koʻproq vaqt sarflanadi: Kutilgan natijaga erishish uzoq vaqt talab qilishni boshlaydi.
Qisqasi: UX yo‘q joyda, muammo tug‘iladi.
Startup va bizneslar UXʼsiz zararga tushishganliklari haqida kelgusi postlarda yozaman.
@suxrobblog
#ux#mavzu#muammo
Five Why (Besh nima uchun) texnikasi
Bu muammoning asl sababini aniqlash uchun ishlatiladigan tahlil usuli. Bu metodika Sakichi Toyoda tomonidan ishlab chiqilgan va Toyota ishlab chiqarish tizimida keng qo‘llanilgan.
Five Why qanday ishlaydi?
— Ushbu usul muammoni chuqur tahlil qilish uchun "Nima uchun?" savolini besh marta berish orqali asosiy sababni topishga asoslanadi. Har bir javob keyingi "Nima uchun?" savoliga yo‘l ochadi.
Misol uchun muammo:Mijozlar veb-saytdan mahsulot sotib olmayapti.
1. Nima uchun? – Chunki ular to‘lov jarayonini yakunlamayapti.
2. Nima uchun? – Chunki to‘lov formasini to‘ldirish juda uzoq davom etmoqda.
3. Nima uchun? – Chunki forma juda ko‘p maydonlarni talab qiladi.
4. Nima uchun? – Chunki biz mijozlardan keraksiz ma’lumotlarni ham so‘rayapmiz.
5. Nima uchun? – Chunki biz foydalanuvchilar tajribasini optimallashtirish ustida ishlamaganmiz.
Natijada asosiy muammo kelib chiqdi – foydalanuvchi tajribasi yaxshi optimallashtirilmagan, shuning uchun to‘lov jarayoni murakkab bo‘lib qolgan. Endi yechim sifatida to‘lov shaklini soddalashtirish tavsiya etiladi.
Bu metod har xil sohalarda – biznes, dizayn, muhandislik va menejment kabi sohalarda qo‘llaniladi.
@suxrobblog
#fivewhy#ux#muammo
Murakkab hayotni yanada murakkablashtirmang. Yechimlarda maksimal minimallashtirishga harakat qiling.
"Bu element nega kerak, shuni qo'ymasa nima bo'ladi..." degan savollarni o'zingiz va mijoz (kompaniya)ga bering. Userni o'zini muammolari ko'p sizni va mijozingizni xohishini deb, yanada murakkablik ichiga tushib qolmasin...
@suxrobblog
» #muammo#murakkab#yechim