@uzstandardchannel · Post #13902 · 30.10.2025 г., 14:07
Yangi etalonlar ishga tushirilmoqda: aniqlik va ishonchlilik sari 🔵 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov davlat dasturi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)da joriy etilgan yangi etalonlar va ular uchun yaratilgan maxsus infratuzilma bilan tanishdi. 📈Shuningdek, ushbu etalonlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida etalonlarni ishga tushirishda ishtirok etgan xorijiy ekspertlar bilan ham fikr almashildi. ✅Hozirda O‘zMMIda 39 ta etalon va birlamchi laboratoriyalari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Yaqinda ishga tushirilgan yangi : sath, gradus - tekis burchak birligi hamda namlik etalonlari mamlakatimizda aniq o‘lchashlar tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur etalonlar suv xo‘jaligi, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va kimyo sanoatida qo‘llaniladigan uskunalar uchun metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlaydi. 🧾 Jarayon davomida direktor tomonidan: ✅yangi kalibrlash xizmatlarini joriy etish, ✅sanoatga aniq o‘lchashlarni uzatish tizimini yaratish, ✅xalqaro solishtirish loyihalarida faol ishtirok etish ✅hodimlar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi. #UzNIM#metrology#standards 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags