@handicraftman · Post #56034 · 16.04.2026 г., 06:36
#Sirdaryo 📌 Nomoddiy madaniy merosni asrash yo‘lida muhim tashabbus ⚡️Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Rovot mahallasida istiqomat qiluvchi hunarmand G‘ozibekova Mamlakat Xudoyberdiyevna tomonidan milliy hunarmandchilikni rivojlantirish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. 📊U tomonidan tashkil etilgan ustaxonada 4-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun do‘ppido‘zlik san’ati bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga milliy naqshlar, ularning ramziy ma’nolari hamda do‘ppi tikish sir-asrorlari o‘rgatilmoqda. 🌍Shuningdek, “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etilib, unda katta, o‘rta va yosh avlod vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida ustoz-shogird an’analari, hunarmandchilik tajribasi va milliy qadriyatlar haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. ✨ Ushbu tashabbuslar yosh avlodni hunarmandchilikka jalb etish, qadimiy an’analarni saqlab qolish hamda ularni keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags