Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi, Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputatlari N.Mirabdullayeva va Z.Avyazova, 37-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda deputatlar tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, tarixiy merosi, ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik sohalaridagi xizmatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan buyuk sarkarda hayotiga bag`ishlangan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarda tarixiy xotirani mustahkamlash va buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish,tarixiy merosimizni hurmat qilish, uni yosh avlodga yetkazish borasida katta ahamiyatga ega bo`ldi.
#AmirTemur690yil
#AjdodlarMerosi
#Yoshlarkuni
#deputatvayoshlar
@milliy_tiklanish_andijon
#Chilonzor_OAVda
#IslomSivilizatsiyasiMarkazi
#TarixVaMeros
#Madaniyat
#Turizm
#AjdodlarMerosi
#Manaviyat
Islom sivilizatsiyasi markazi – tarix va ma’naviyatga sayohat!
Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun nafaqat yurtimiz aholisi, balki xorijlik mehmonlar e’tiborini ham o‘ziga tortayotgan muhtasham maskanlardan biriga aylandi. Yaqinda ushbu markazga nuroniylar tashrif buyurib, uning boy va mazmunli ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Markazda yurtimizning ko‘hna tarixi, boy madaniyati, buyuk bobokalonlarimizning hayoti va bebaho merosi haqida batafsil ma’lumotlar jamlangan. Bu yerga qadam qo‘ygan har bir inson go‘yo o‘tmishga sayohat qilgandek bo‘ladi – tarix nafasi, ajdodlarimizning ulug‘ ishlari va ma’naviy merosi jonli tarzda namoyon etiladi.
Nuroniylar ham ushbu maskandan olam-olam taassurotlar olib qaytdilar. Ular bu yerda Islom dini va madaniyatining yurtimizda qanday rivojlanib kelayotgani, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘li haqida har tomonlama va chuqur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan ushbu markaz orqali mamlakatimizning barcha hududlari tarixi va madaniyati haqida interaktiv va qiziqarli shaklda ma’lumot olish mumkin. Bu esa uni nafaqat mahalliy aholi, balki butun dunyodan keladigan sayyohlar uchun ham nihoyatda jozibador maskanga aylantirmoqda.
Shubhasiz, Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning eng muhim va e’tiborga molik vizit kartalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
👉👉👉 Nuroniylarimizning Islom svilizatsiyasi markazidagi ekskursiya jarayonlari "O‘zbekiston 24" telekanali dasturlarida keng yoritildi.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi