Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#ObodMahalla
#Chilonzor
#BotirmaMahallasi
#Bunyodkorlik
#Qurilish
#Obodonlashtirish
Chilonzor tumanida “Obod mahalla” dasturi: “Botirma” mahallasida ishlar yakuniy bosqichda
Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yakuniy bosqichga yetib keldi.
Dastur asosida mahallada qator qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, ichki yo‘llar to‘liq asfalt qilindi, zamonaviy bolalar maydonchalari barpo etildi. Ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari ta’mirlanib, framuga oynalari yangilandi. Shuningdek, kirish yo‘laklari ham ta’mirdan chiqarilib, mahalla yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi hamda tegishli mas’ullar tomonidan doimiy nazoratga olingan. Kuni kecha navbatdagi o‘rganish ishlari olib borilib, unda qurilish va ta’mirlash ishlari sifati alohida e’tiborga olindi.
O‘rganishlar davomida mahalla infratuzilmasi aholiga har tomonlama qulay bo‘lishi lozimligi ta’kidlanib, pudratchi tashkilotlar mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#Chilonzor
#BotirmaMahallasi
#Deputatlar
#Uchrashuv
#Saylovchilar
Deputatlar Chilonzorda mahalla faollari va saylovchilar bilan uchrashdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov hamda Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputatlari Muhabbat Tashmuhamedova va Rimma Xidiyatulinalar Chilonzor tumani "Botirma" mahallasida mahalla “yettiligi” va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Durbek Ahmedov parlamentda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib, ularning amaliy ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, aholi farovonligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#Chilonzor
#ObodMahalla
#BotirmaMahallasi
#Bunyodkorlik
#HududRivoji
#MahallaObodligi
#O'rganish
🏗 Chilonzor tumanida “Obod mahalla” dasturi: “Botirma” mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Botirma mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan:
🔹 8 071 kv.m maydonda sug‘orish tizimi o‘rnatildi
🔹 2 ta yer osti qudug‘i ishga tushirildi
🔹 6 800 kv.m chim yotqizildi
🔹 6 480 kv.m ko‘p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlandi
🔹 21 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi yangilandi
🔹 58 ta tungi yoritish tizimi o‘rnatildi
🔹 33 100 kv.m asfalt qoplamasi yotqizildi
🔹 2 ta futbol maydonchasi, 11 ta sport maydonchasi va 12 ta bolalar maydonchasi barpo etildi
🔹 1 ta mavjud bolalar maydonchasi ta’mirlandi
🔹 4 057 kv.m piyodalar yo‘lagi qurildi
🔹 1 ta amfiteatr va 1 ta nuroniylar maskani barpo etildi
🔹 320 p.m irrigatsiya tizimi yangilandi
🔹 5 ta dam olish ayvoni qurildi
🔹 5 095 p.m bordyur o‘rnatildi
🔹 62 ta o‘rindiq va urna joylashtirildi
🔹 1 700 kv.m ko‘p qavatli uylarning otmostka qismi ta’mirlandi.
Ayni paytda mahallada dastur doirasidagi qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev va tegishli mas'ullar ayni manzilda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.
Tuman hokimi hududdagi qurilish va obodonlashtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirar ekan, mas’ullarga ish sifatini yanada oshirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish hamda aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
“Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi