Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
📅Mart oyining uchinchi seshanbasi ( 2026-yil 17- mart) munosabati bilan nishonlanadigan Xalqaro ijtimoiy xodimlar kuni doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi Professor - o'qituvchilari va talabalari tomonidan ochiq tadbir tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida talabalar tomonidan ijtimoiy ishning jamiyatdagi o‘rni, uning ahamiyati hamda bugungi kundagi dolzarb masalalar yoritib berildi. Shuningdek, turli interaktiv chiqishlar, taqdimotlar va muhokamalar tashkil etilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🤝 Mazkur tadbir ijtimoiy xodimlar kasbining naqadar muhim va sharafli ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
#Butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📸17-mart Butunjahon ijtimoiy ish kuni munosabati bilan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Ijtimoiy ish: o'tmish, bugun va kelajak" nomli videorolik tayyorlandi.
👨💻 Unda ijimoiy ish sohasining o'tmishi, bugungi kundagi holati hamda rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Mazkur videorolik orqali keng jamoatchilikka ijtimoiy ish sohasining rivojlanishi va istiqbolli yo'nalishlari haqida ma'lumot taqdim etilgan.
#Butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn
🗣Ijtimoiy ish – inson va jamiyat farovonligining muhim ustuni
🌍Bugungi globallashuv, urbanizatsiya va ijtimoiy tengsizlik kuchayib borayotgan davrda ijtimoiy ish inson va jamiyat barqarorligini ta’minlovchi ham milliy ham xalqaro darajada eng muhim institutlardan biriga aylanmoqda.
💼Ijtimoiy ish — bu amaliyotga asoslangan kasb bo‘lib, ayni paytda ijtimoiy o‘zgarishlar va rivojlanishni, ijtimoiy birdamlikni, insonlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularni erkinlashtirishni rag‘batlantiruvchi akademik fan hisoblanadi. Ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari — ijtimoiy adolat, inson huquqlari, jamoaviy mas’uliyat hamda etnik va madaniy xilma-xillikka hurmatdan iborat. Ijtimoiy ish nazariyalari, ijtimoiy va gumanitar fanlar, shuningdek mahalliy madaniyat va aholiga oid bilimlarga tayangan holda, ijtimoiy ish insonlar va turli tuzilmalarni hayotiy muammolarni hal etishga jalb qiladi hamda aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ijtimoiy himoya tizimining transformatsiyasi inson manfaatlariga e'tiborni kuchaytirmoqda, professional ijtimoiy xizmatlar tizimini shakllantirmoqda, mahalliy darajada individual ehtiyojlarga mos xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirmoqda.
✅ Ijtimoiy ish — bu faqat yordam berish emas, balki inson taqdirini o‘zgartirish, oilalarni saqlab qolish va jamiyatni yanada adolatli qilishga xizmat qiladigan kuchli mexanizmdir.
#butujahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyish#ijtimoiyishoyligi
📱Telegram📱Facebook
📱Instagram📱Youtube
📱LinkedIn