@suxrobblog · Post #314 · 04.12.2024 г., 17:24
Lirik chekinish: Eslatma! Karyera qilaman, soha boʻyicha zoʻr kadr boʻlaman deb tinimsiz harakat qilarkansiz, salomatlingizga ham ahamiyat bermay qoʻyasiz. Sizni salomatlingiz nafaqat sizga balki, oila aʼzolaringizga (ota-onangizga) ham birdek azizdir. Hech oʻylab koʻrganmisiz? Sizning salomatlingizga muammolar kuzatilsa, kimlar birinchi gʻayruradi?... Ota-onalar, albatta. Sizchi ularni salomatligi, qadrlariga qay daraja qaygʻuryapsiz? Bilyapsizmi, kechagina bola edingiz, vaqt tez oʻtyapti. Ertaga ota-ona ham boʻlasiz, nasib boʻlsa. Ota-ona boʻlib oilani, ota-onani qadriga yetganda kech boʻlishi ham mumkin. Kecha koʻrgan insonlarimiz bugun oramizda boʻlmasligi ham mumkin. Vaqt borida xulosa qilib, oʻzimizni isloh qilishimiz zarurdir. Ota-onangizni qadriga yeting, karyera ertaga ham boʻladi, yoki indinga... Bir narsani hech qachon unutmang-ki, mln.lar topib ham baxtsiz yurgan kishilar bor. Baxt moddiyatda deb oʻylaymiz xolos, erishilgan yutuqlar esa baxtli qilib qoʻymasligi ham mumkin! @suxrobblog — #lirikchekinish#eslatma#baxt#ota_ona