@andmuzey · Post #11962 · 28.01.2026 г., 08:53
🤝ICRICH va Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti hamda Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. 🔘Mazkur hujjat doirasida hududiy nomoddiy madaniy meros namunalarini aniqlash, ularni tizimli ilmiy tadqiq etish, ilmiy tavsiflash va milliy hamda xalqaro ilmiy muomalaga kiritish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Shuningdek, muzey fondlari va hududiy madaniy muhit negizida mavjud an’ana, urf-odat, marosim, og‘zaki ijod va amaliy bilimlarni ilmiy-metodik yondashuvlar asosida o‘rganish ko‘zda tutilmoqda. ➡️Uchrashuv jarayonida tomonlar nomoddiy madaniy merosni saqlash va uzluksiz davomiyligini ta’minlash, ilmiy tadqiqot natijalarini ekspozitsiya va ta’limiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda hududiy meros namunalarini keng jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. 🔘Mazkur hamkorlik nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy asosda rivojlantirish va madaniy xotirani mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy tashabbus sifatida baholanadi. #hamkorlik#memorandum#nomoddiymadaniymeros#ilmiytadqiqot#muzeyshunoslik#Andijon 🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube