Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#Ozbekturkdostligi
#qardoshlikshartnomasi
🇺🇿🤝
🇹🇷 Tadbirning rasmiy qismi yanada ahamiyatli va istiqbolli kelashuvlarga boy bo‘ldi. Anjuman doirasida Jamiyatimiz rahbari hamda Amasya dernekler federasyonu (ADEF) kadın kolları başkanı Emine Ceylan Doğan xonim so‘zga chiqib, bolajonlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ushbu uchrashuvning yuksak ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdilar.
⚡️ Muloqot davomida ushbu do‘stona uchrashuv kelgusida hamkorlik loyihalariga yo‘l ochishi alohida ta’kidlandi. Tadbirning eng muhim voqeasi sifatida O’zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda ADEF o‘rtasida o‘zaro qardoshlik va hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga, madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Do‘stligimiz va qardoshligimiz abadiy bo‘lsin!
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
➖➖➖➖➖➖➖
🇺🇿🤝
🇹🇷 Etkinliğin resmi kısmı, oldukça önemli ve gelecek vadeden anlaşmalara sahne oldu. Konferans kapsamında Dernek Başkanımız ile Amasya Dernekler Federasyonu (ADEF) Kadın Kolları Başkanı Sayın Emine Ceylan Doğan söz alarak, çocuk bayramı vesilesiyle düzenlenen bu buluşmanın taşıdığı büyük önemi vurguladılar.
⚡️ Görüşme sırasında, bu dostane buluşmanın gelecekteki ortak projelere kapı aralayacağı özellikle belirtildi. Etkinliğin en önemli gelişmesi olarak; Özbek Kadın Hakları Derneği ile ADEF arasında karşılıklı kardeşlik ve iş birliği protokolü imzalandı. Bu anlaşma, ikili ilişkileri yeni bir seviyeye taşımanın yanı sıra kültürel ve sosyal bağların güçlenmesine de hizmet edecektir. Dostluğumuz ve kardeşliğimiz ebedi olsun!
🌐Sosyal medya hesaplarımızı takip etmeyi unutmayın!
#Ozbekturkdostligi
#Bolajonlar
#MilliyQadriyat
🇺🇿 Istanbulda bayram shukuhi: “Bolajonlar nigohida O‘zbekiston”
✨ Bugun Atatürk Havalimanı Millet Bahçesi hududida samimiyat, do‘stlik va bolalik quvonchiga yo‘g‘rilgan unutilmas bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz farzandlari uchun tashkil etilgan 23-aprel — Xalqaro bolalar bayrami va Turkiya Milliy suverenitet kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir barchaning qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi.
✨ Ikki davlat madhiyalarining tantanavor yangrashi bilan boshlangan tadbir Jamiyatimiz rahbari Ozoda Islomova tomonidan rasman ochib berildi. U o‘z nutqida yig‘ilganlarni, xususan, kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarni samimiy muborakbod etib, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ona tilimizni, milliy qadriyatlarimizni hamda an’analarimizni asrab-avaylash nihoyatda muhim ekanini alohida ta’kidladi.
🎨 Milliy ruh va bolalar iqtidorining haqiqiy tantanasi bo‘lgan ushbu bayramda bolajonlarimiz o‘z iste’dodlarini yorqin namoyon etdilar. Atlas va adraslar jilosi aks etgan milliy liboslar namoyishi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Sahnadagi chiqishlar, O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini yorqin bo‘yoqlarda chizish jarayonlari hamda sho‘x raqslar esa bolalarning beg‘ubor quvonchini ifoda etib, barchaga iliq ilhom ulashdi.
🍲 Tadbirning eng fayzli va unutilmas lahzalari, shubhasiz, milliy g‘ururimiz timsoli bo‘lmish — osh pishirilib, dasturxonga tortiq etilgan damlarda o‘z ifodasini topdi. Mohir oshpazlarning yuksak mahorati bilan tayyorlangan ushbu tansiq ne’mat shunchaki taom emas, balki do‘stlik va hamjihatlik rishtasiga aylandi. Dasturxon atrofida jam bo‘lgan turk qardoshlarimiz hamda vatandoshlarimiz o‘rtasidagi samimiy muloqotlar millatlararo totuvlik va madaniy yaqinlikni yanada mustahkamladi.
✅ Kuzatishda davom eting — eng qiziqarlisi hali oldinda!
🌐Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!