Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
Startap va innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish bo’yicha seminar-trening tashkil etildi
🗣O’zbekiston Milliy universitetida yosh olimlar va magistrantlar ishtirokida “Startaplarni texnik sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi
🔺Unda texnika fanlari doktori Orifjon Qodirov ishtirokchilarga startap loyihalarni texnik jihatdan tahlil qilish, ularni sinovdan o‘tkazish bosqichlari, samaradorlikni baholash mezonlari hamda zamonaviy metod va yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔺Trening jarayonida yosh olimlar o‘z startap loyihalari ustida ishlash, texnik ekspertiza o‘tkazish va baholash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
#PayshanbaYoshlarKuni
#StartapInnovatsiya
☑O’zbekiston Milliy universiteti
#PayshanbaYoshlarKuni
#YoshlarniQollabQuvvatlash
#Mahalla
#IjtimoiyHimoya
Payshanba – Yoshlar kuni doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari o‘tkazildi
Chilonzor tumanida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator xayrli tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan hamda og‘ir toifadagi yoshlar vakillari bilan uchrashib, ularning hayotiy muammolari o‘rganildi.
Jumladan, “Ko‘tarma” mahallasida istiqomat qiluvchi og’ir toifadagi yoshlardan biri Sh. Rasulov bilan muloqat qildi. Muloqot. Jarayonida uning bandligini ta'minlash bo'yicha choralar ko'rish belgilab olindi. Unga oziq-ovqat jamlanmasi topshirildi.
Tuman hokimi ushbu mahallada istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan yoshlardan biri A. To‘rayev yashayotgan xonadonga ham borilib, uning holidan xabar oldi. Unga oziq-ovqat jamlanmasi topshirildi.
Shuningdek, A. To‘rayevning salomatligini muntazam nazorat qilib borish maqsadida u oilaviy poliklinikada doimiy nazoratda bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi belgilandi.
👉👉👉Lavhamizda jarayonlar
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#PayshanbaYoshlarKuni
#Chilonzor
#YoshlarBilanMuloqot
#HuquqbuzarlikProfilaktikasi
#YoshlarKelajagi
Chilonzor tumanida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan Chilonzor tumani IIOFMBga qarashli 2-sonli shahar IIBda yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Chilonzor tumani prokurori, IIOFMB boshlig‘i hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan turli jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yaqinda sodir etilgan jinoyat holati atroflicha tahlil qilinib, uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv jarayonida yoshlarning muammolari va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.
👉👉👉Lavhamizda jarayonlar
🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
#PayshanbaYoshlarKuni#YoshlarBilanUchrashuv#Texnikum
#Tashrif
#OchiqMuloqot
Payshanba – Yoshlar kuni: tuman hokimi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Saidqahhor Xolxo’jayev tumandagi 1-sonli texnikumga tashrif buyurib, ta’lim muassasasi faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida texnikumda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida texnikum o‘quvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar berildi.
👉👉🌞Lavhamizda jarayonlar
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
#PayshanbaYoshlarKuni#YoshlarBilanUchrashuv#Texnikum
#Tashrif
#OchiqMuloqot
Payshanba – Yoshlar kuni: tuman hokimi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Saidqahhor Xolxo’jayev tumandagi 1-sonli texnikumga tashrif buyurib, ta’lim muassasasi faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida texnikumda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida texnikum o‘quvchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javoblar berildi.
🔵https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi
#PayshanbaYoshlarKuni
#YoshlarBilanMuloqot
#YoshlarMuammosi
#Tashabbus
#Rivojlanish
Chilonzor tumanida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.To‘laganova tomonidan tumanda joylashgan Hamshiralar akademiyasida talaba yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida Hamshiralar akademiyasida tahsil olayotgan talaba qizlarga yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, Gender tengligi asosida amalga oshirilayotgan islohatlar, ehtiyojmand oilalarda tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni bilim olishlari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari borasida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Suhbat so‘ngida talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi
#PayshanbaYoshlarKuni
#YoshlarBilanMuloqot
#NafosatMFY
#YoshlarMuammosi
#Tashabbus
#Rivojlanish
Chilonzor tumanida Payshanba — Yoshlar kuni doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Chilonzor tumanida yoshlar bilan muloqotlar va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammo hamda takliflari o‘rganilmoqda. Shuningdek, yoshlarning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bugun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Abduqadirov tumandagi “Nafosat” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning dolzarb muammolari va takliflari tinglandi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔵@Chilonzor_tuman_hokimligi