@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80595 · 20.02.2026 г., 13:00
#RamazonMuborak #InsonQadri #IjtimoiyHimoya #67sonQaror #PrezidentQarori #SaxovatVaMehr Inson qadri ulug‘langan yurtda Ramazon fayzi yanada keng yoyilmoqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 17-fevral kuni qabul qilingan 67-sonli qaror yurtdoshlarimizning qutlug‘ Ramazon oyini munosib, xotirjam va barakali o‘tkazishlarini ta’minlashga qaratilgan muhim hujjatdir. Mazkur qaror asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘lamini kengaytirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Bu — har bir xonadonga e’tibor, har bir insonga g‘amxo‘rlik demakdir. Yurtdoshlarimiz bu ezgu tashabbusni yuksak mamnuniyat bilan qarshi olib, samimiy minnatdorchilik bildirmoqdalar. 👉👉👉Ramazon — saxovat, mehr-oqibat va birdamlik oyi. Bu qaror esa ana shu qadriyatlarning amaldagi ifodasidir. 🎥 Videolavhani tomosha qiling! 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi