@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80366 · 16.02.2026 г., 11:43
#Obodonlashtirish #Yo‘lTa’miri #XavfsizHarakat Yog‘ingarchilik oqibatlari bartaraf etilmoqda: Chilonzorda yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borildi Chilonzor tumani hududida so‘nggi kunlarda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar natijasida ayrim ko‘chalardagi asfalt qoplamasida notekisliklar, chuqurchalar yuzaga kelgan edi. Mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan tezkor ravishda o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan manzillarda asfalt qoplamasini tekislash va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda tuman hududida harakat xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari izchil davom ettirilmoqda. 📣 Hurmatli fuqarolar! Agar ko‘chalarda ta’mirtalab joylarga duch kelsangiz, tumanimiz mas’ul xizmatlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Barcha murojaatlar e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi