@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #83197 · 12.04.2026 г., 03:45
#Chilonzor #YolTamiri #Infratuzilma #AlXorazmiy #Borijar #XavfsizHarakat Chilonzorda yo‘llarni ta’mirlash ishlari izchil davom etmoqda Chilonzor tumani hududida ta’mirtalab yo‘llarni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tumanning Al-Xorazmiy ko‘chasining “Bo‘rijar” mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda hududlarda obodonlashtirish va yo‘l ta’miri ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda. 👉👉👉Lavhamizda jarayonlar https://t.me/chilonzor_tuman_hokimligi