Сегодня будет самый "двоичный" ("двойковый"? "двушный"? "двойственный"?) момент на вашем веку 🤩
Больше двоек в дататайме вы не застанете!
Успейте поймать момент! Будете показывать эпичный скриншот своим внукам)))
🥸 Для продуманных (ленивых): код на скрине, который сработает только сегодня и только 1 раз!
⏱ Открывайте окошки с часами и вперёд!
#offtop
#YuridikFakulteti#SalatDay🥗✨
🎉Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti 1-bosqich talaba qizlari o‘rtasida “SALAT DAY” pazandachilik ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Yuridik fakulteti talaba qizlar koordinatori Maftuna Bo‘ronova va fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etildi.
👩🍳 Tanlov davomida talaba qizlarimiz o‘z pazandachilik mahoratini namoyon etishdi, turli xil salatlar tayyorlab, jamoaviy hamjihatlik va ijodkorlik muhitini yaratishdi.
🔹 Tadbirda Termiz davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi D. Qodirova, Yuridik fakulteti tyutorlari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar.
🏅 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba qizlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
#YuridikFakulteti#SportMusobaqa
🎯Hurmatli talabalar!
Yuridik fakulteti sport koordinatori tashabbusi bilan fakultet talaba qizlari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Tadbirning asosiy maqsadi – talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jamoaviy ruhni mustahkamlash.
🏐Musobaqa sanasi: 10-oktabr (ertangi kun)
🕒Boshlanish vaqti: soat 15:00
📍Joy: Termiz davlat universiteti sport maydonchasi
Ko‘proq ma’lumot olish yoki o‘yinda ishtirok etish istagida bo‘lsangiz: @Nurmuhammad_erkinovich
Sport faoliyati klubi – https://t.me/yurfaksportfaoliyati
Musobaqada fakultet guruhlari jamoaviy tarzda ishtirok etadi. G‘olib va faol jamoalar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating!
📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube
🏛Xalqaro ommaviy huquq fanidan OLIMPIADA (PILTS – Public International Law Testing System)
Hurmatli talabalar va huquqshunoslikka qiziquvchilar!
Sizni Xalqaro ommaviy huquq fanidan o‘tkaziladigan PILTS Olimpiadasiga taklif qilamiz!
Olimpiada 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — Test sinovi
2-bosqich — Savollarga yozma javob berish
3-bosqich — Keysga yechim taqdim etish
Har bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar umumiy ballari bo‘yicha baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.
🏆 G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📅 O‘tkazilish vaqti va joyi:
Sana: 2026-yil, 20-aprel (dushanba)
Vaqt: Soat 17:30
Joy: Yuridik fakulteti, 412-xona
👥 Ishtirokchilar: Professor-o‘qituvchilardan tashqari barcha qiziquvchilar (talabalar, magistrlar va boshqalar) ishtirok etishi mumkin!
Xalqaro ommaviy huquqni chuqurroq o‘rganish, bilimlaringizni sinab ko‘rish va sovg‘alar yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ⚖️
#XalqaroOmmaviyHuquq#PILTS#Olimpiada#YuridikFakulteti#Huquq
🕊Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📺You tube