@toshkentvxtb · Post #85928 · 01.04.2026 г., 12:37
#qizlar#futbol Maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida futbol boʻyicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi!” boʻlib oʻtdi. Qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqada yakuniy natijalar quyidagicha: 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, 30-maktab jamoasi. Yutuq – “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘m; 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Bo‘zatov tumani, 10-maktab jamoasi. Yutuq – “Damas” avtomashinasi va 200 mln so‘m; 3-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, 42-maktab jamoasi. Yutuq – “Damas” avtomashinasi va 150 mln so‘m pul mukofoti. ➖ Shuningdek, qolgan jamoalar vorkaut maydonchasini qurib berish bo‘yicha vaucher, 50 mln so‘mdan pul mukofoti, 800 mln so‘m qiymatga ega futbol koptoklari (har bir jamoaga 50 donadan) hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Musobaqaning yorqin va hayajonli lahzalarini tomosha qiling. Kelajak soati Bizni kuzating: ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin