@uztmk_official · Post #2379 · 06.08.2025 г., 14:14
#TMK#Qozogiston 🇺🇿 🇰🇿 TMK Qozog‘iston bilan yangi ilmiy hamkorlikni boshlamoqda 🫥TMK hamda Qozog‘iston Mineral xomashyoni kompleks qayta ishlash Milliy markazi vakillari o‘rtasida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar: ⚫️qo‘rg‘oshin saqlovchi chiqindilarni qayta ishlash va ulardan qimmatli komponentlarni ajratib olish; ⚫️turli metallurgik jarayonlarda hosil bo‘lgan yuvuvchi kislota eritmalarni maqsadli ravishda qayta ishlash orqali strategik ahamiyatga ega elementlarni samarali ajratib olish; ⚫️osmiy, reniy, vismut kabi kamyob elementlarni ajratib olish texnologiyalari. 🗣️“Biz bu hamkorlikka allaqachon tayyormiz. Yaqin kelajakda birgalikdagi loyihalarni boshlashga umid qilamiz", - dedi Qozog‘iston Mineral xomashyoni kompleks qayta ishlash Milliy markazi Bosh direktorning ilm-fan bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Dosmurat Aytqulov. 💙 Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, mutaxassislar va texnik bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. 🔹🔹🔹 🔗На русском языке 🔗In English 🗄🗄🗄🗄 ✅OʻzTMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
Hashtags