TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← AloqaTechLab
AloqaTechLab avatar

TGINSIGHT POST

Post #78

@aloqatechlab

AloqaTechLab

Viżjonijiet194Għadd ta' viżjonijiet
IppubblikatĠun 2121/06/2022 14:17
Kontenut

Kontenut tal-post

Inkubator va akseleratorning vazifalari Erik Ris o'zining “Biznes noldan. Lean Startup usuli” kitobida aytganidek, startap uchun eng muhim farazlar: qiymat gipotezasi va o‘sish gipotezasi. Qiymat gipotezasi quyidagi savollarga javob beradi: ☑️ startap qanday muammoni hal qiladi? ☑️ bozorga umuman mahsulot/xizmat kerak yoki yo’qmi? ☑️ odamlar buning uchun pul to'lashga tayyormi? O'sish gipotezasi quyidagilarni belgilaydi: ☑️ bu mahsulot/xizmat nafaqat ushbu bozorda, balki boshqalarda ham kerakmi? ☑️ nima tufayli startap rivojlanadi? Inkubatsiya jarayini qiymat gipotezasini isbotlashi mumkin, chunki u: 📌 dastlabki g'oyalarni ishlab chiqarishga 📌 maqsadli auditoriyani aniqlashga va tahlil qilishga 📌 jamoa yig'ilishga 📌 birinchi mijozlarni topishga 📌 fikr-mulohazalarni yig'ishga yordam beradi. Akseleratorlar o'sish gipotezasini isbotlashga imkoniyat yaratib, quyidagilarda yordam beradi: 📌trekshn qobiliyatini rivojlantirishda (mahsulotingiz uchun bozor talabining miqdoriy dalillari. Naval Ravikant; AngelList) 📌 katta moliyalashtirish uchun startap tayyorlashda 📌 eng samarali o'sish rejasini aniqlashda Agar ma'lumot siz uchun foydali bo’lgan bo'lsa, reaksiyangizni qoldiring👇🏻