TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg555,000Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 11 z 76 · 912 postów

Opublikowano 13 gru

Eng yaxshi davlat oliygohi qaysi? 🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

46,400 views

Opublikowano 13 gru

Eng yaxshi texnikum qaysi? 🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

47,500 views

Opublikowano 13 gru

Eng yaxshi akademik litsey qaysi? 🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

47,200 views

Opublikowano 13 gru

Eng yaxshi kasb-hunar maktabi qaysi? 🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

33,400 views

Opublikowano 13 gru

Eng yaxshi kollej qaysi? 🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

31,100 views

Opublikowano 13 gru

Eng yaxshi nodavlat oliygoh qaysi? 🏆 Quyidagi nomzodlar ichidan o'zingiz tanlagan ta'lim muassasasiga ovoz bering:

61,700 views

Opublikowano 12 gru

⚡️IELTS’dan 9 ball olgan O'zbekistonlik yoshlar 68 nafarga yetdi 2020–2025-yillar davomida IELTS imtihonidan 5,5 ball va undan yuqori natija olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarga yetibdi. Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) toifasidagi eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetgan. Bu statistika Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi va AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi. ✅@talimuz

33,600 views

Opublikowano 5 gru

❗️Qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi. Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. ✅@talimuz

58,400 views

Opublikowano 4 gru

⚡️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga! 🗓 1-dekabr sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi. Ushbu jarayon har doimgidek, oyning 7-sanasiga qadar davom etadi. Ijara shartnoma uchun arizani, aslida, istalgan kunda yuborsangiz bo‘ladi. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi. Ya’ni hatto 8-sanada ariza yuborsangiz ham keyingi oyga qolib ketasiz. Xizmatdan quyidagi havola orqali o‘tib foydalanishingiz mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/1310 ✅@talimuz

46,000 views

Opublikowano 28 lis

❗️“Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar ro'yxati qisqartirildi Prezident Farmoniga asosan yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab: ➖abituriyentlarni “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari, ichki ishlar organlari xodimlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tatbiq etiladigan imtiyozlardan tashqari “Yurisprudentsiya” ta’lim yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlariga kirishdagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi to‘xtatiladi; ➖Universitetda “Yurisprudentsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi. Ma'lumki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab TDYU qoshidagi akademik litseyda qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdori TDYU tomonidan mustaqil belgilangan holda, toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilingan edi. ♦️Yangi Farmon bilan ushbu tartibga ham o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari "yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega. (Avval faqat TDYU edi endi barcha yurisprudentsiya yo‘nalishidagi oliygohlarga kirish mumkin. Avval super ham bor edi, endi faqat oddiy kontrakt bilan) 📌 Bunda mazkur tartib 2025/2026 o‘quv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. (Ya'ni 2026/2027 o'quv yilidan boshlab ushbu litseylarga qabul qilinadiganlar mazkur imtiyozdan foydalana olmaydi) ✅@talimuz

54,600 views

Opublikowano 19 lis

📈O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi! 18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi. Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi. Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi. O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari: 🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin 🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin 🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin 🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi. ✅@talimuz

46,800 views

Opublikowano 10 lis

⚡️2026-yildan barcha tibbiyot oliygohlaridaoliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi. Oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkaziladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi. Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi. Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi. ✅@talimuz

48,300 views
12•••5•••910111213•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576