TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg535,700Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 12 z 76 · 912 postów

Opublikowano 10 lis

❗️Tibbiyot xodimlari farzandlarining 30% kontrakt to'lovi to'lab beriladi! Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan(bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi — Prezident qarori. Ushbu yangilik 2026-yil 1-yanvardan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga kiritiladi. ✅@talimuz

51,700 views

Opublikowano 9 lis

⚡️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga! my.gov.uz portalida talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun ariza topshirish imkoniyati yaratildi Bu imkoniyatdan noyabr oyida foydalanib bo‘lmaydi, biroq keyingi oylar va yillar uchun bu — juda qulay va foydali yangilik. Eslatma: Ijara pulining bir qismi faqat nodavlat OTM talabalari uchun qoplab berilmaydi. ✅@talimuz

45,800 views

Opublikowano 29 paź

⚡️Endi 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda bepul o‘qiydi! “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 23.10.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha 9-sinf bitiruvchilarining texnikumlar bilan qamrovi 29 foizdan 50 foizga, dual ta’lim (ish joyida o‘qitish) ulushi esa 9 foizdan 40 foizga yetkaziladi. Kasbga yo‘naltirish tizimi 2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. 5 yoshdan “Atrofimizdagi kasblar” o‘yinlari, 1–4-sinflarda “Kasblar alifbosi”, 5–6-sinflarda “Kasblar olami”, 7–9-sinflarda esa “Mening kelajakdagi kasbim” fanlari joriy qilinadi. 2028-yildan 9-sinf yakuniy imtihonlari natijasiga ko‘ra o‘quvchilar texnikumlarga yo‘naltiriladi. O‘qituvchi va ustalarni qo‘llab-quvvatlash 2026-yildan ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maoshi birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar darajasiga tenglashtiriladi. Har bir ustaga 20 nafar o‘quvchidan ortiq bo‘lmasligi belgilandi. Texnikum direktorlariga ustalar uchun ajratilgan ish haqi fondi doirasida EKOIHning 15 baravarigacha oylik belgilash vakolati beriladi. Har yili eng yaxshi 50 nafar usta va o‘qituvchi xorijda malaka oshiradi. Dual ta’limdagi imtiyozlar Dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Ushbu davr mehnat stajiga qo‘shiladi. Dual ta’limni tashkil etgan ish beruvchilarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Milliy tanlov va reyting 2026-yildan boshlab Prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi. Milliy reytingda eng yuqori 50 talikka kirgan texnikumlarning har biri BHMning 3000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi. Moratoriy va moliyalashtirish tartibi 2030-yilgacha texnikumlarni tugatish, ularning yer maydonlari va binolarini xususiylashtirishga moratoriy e’lon qilinadi. 2026-yil 1-sentyabrdan 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarda to‘liq davlat budjeti hisobidan o‘qiydi, 11-sinfni bitirgan talabgorlar esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. ✅@talimuz

59,600 views

Opublikowano 21 paź

O'qimagan millat kuchli bo'lmaydi... ✅@talimuz

54,700 views

Opublikowano 17 paź

⚡️Akkreditatsiyadan o'tmagan nodavlat oliygohlarning ayrim yo'nalishlari yopiladi Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. Unga ko'ra, kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi. ❔Bu nima degani? Nodavlat oliygohlarining ta'lim yo'nalishlarida o'qitilayotgan o'quv dasturlarida qo'pol xatolar aniqlansa, uni to'g'irlash uchun muxlat beriladi. Mana shu muddatda ham kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu yo'nalish butkul yopiladi. Yangi qabul amalga oshirilmaydi, mavjud kurs talabalari majburiy boshqa yo'nalishlarga o'qishlari ko'chiriladi. Ya'ni ushbu ta'lim yo'nalishida faoliyatni davom ettirishga yo'l qo'yilmaydi. ✅@talimuz

44,000 views

Opublikowano 17 paź

⚡️ 🇰🇿Nazarbayev universitetining bahorgi semestri uchun qabul boshlandi! NU pullik bakalavr dasturida o'qishni istagan abituriyentlar uchun qabul e'lon qildi. Tanlov jarayoni to'liq qabul standartlariga javob beradi. Xalqaro hamda TOP darajadagi universitetda o'qishni istagan abituriyentlar uchun bu – eng yaxshi imkoniyatdir. Sababi, Nazarbayev universitetiTimes Higher Education reytingida dunyoning eng yaxshi TOP universitetlari qatoridan joy olgan. Arizani topshirish uchun veb-sayt:http://admissions.nu.edu.kz Ariza berish muddati: 28-noyabr, 2025 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ⚡️ 🇰🇿Начался дополнительный прием на весенний семестр в Nazarbayev University! NU объявил набор для абитуриентов, желающих поступить на платной основе по программе бакалавриата. Процесс отбора полностью соответствует стандартным требованиям основного приема. Это отличная возможность для студентов, которые уже начали обучение в других казахстанских или зарубежных вузах, подать документы и продолжить учебу в лучшем университете Центральной Азии — Nazarbayev University, который в этом году поднялся сразу на 100 позиций в престижном мировом рейтинге Times Higher Education (401-500) Чтобы подать заявку, необходимо создать личный кабинет на сайтеadmissions.nu.edu.kz. Крайний срок подачи заявок: 28 ноября 2025 года, 14:00

35,400 views

Opublikowano 17 paź

🇺🇿🇬🇧Endilikda Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu universitetning Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek tillarini o‘rganish yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi doirasida Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishdi. ✅@talimuz

43,700 views

Opublikowano 12 paź

⚡️Doktaranturaga qabul 5-noyabrgacha davom etadi! Respublikamiz miqyosida ilmiy salohiyatni oshirish, ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, yosh olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi. ✅@talimuz

42,300 views

Opublikowano 23 wrz

❗️Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha 30-sentyabrgacha ariza berishlari mumkin Davlat komissiyasi bayoni bilan magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalaritasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili davalat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga umumiy qabul parametrlari doirasida: ➖kunduzgi taʼlim shakliga – 16 286 nafar; ➖kechki taʼlim shakliga – 657 nafar; ➖masofaviy taʼlim shakliga – 335 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Qoʻshimcha imtiyoz bilan: ➖kunduzgi taʼlim shakliga – 987 nafar; ➖kechki taʼlim shakliga – 7 nafar; ➖masofaviy taʼlim shakliga – 4 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Tanlov natijasi qaydnomalari uch kun muddatda respublika oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda yetkaziladi. Shuningdek, magistraturasiga tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2025/2026-oʻquv yili uchun kontrakt toʻlovini Davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berishning soʻnggi muddatini 2025-yil 30-sentyabrga qadar uzaytirishga ruxsat berildi. ✅@talimuz

52,100 views

Opublikowano 22 wrz

Super-kontrakt bo‘yicha Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin. Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi. 💰Narxi qancha “super”ni, ayting? Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, shu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval chiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yo’nalishi bilan, boshqasidagi iqtisod yo’nalishi narxlari ham farq qilishi mumkin. Aniq miqdorlar 25-sentyabrgacha ma’lum bo’ladi. Shu sababli “unga qancha ekan, bunga qancha ekan” deb so’rashdan foyda yo’q. Barcha oliygohlar o’z saytida va Telegram kanalida miqdorlarni e’lon qiladi. Keyinchalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn shartnoma olayotganda narxi avtomatik chiqadi. ❓Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi? Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlardaoddiy kredit taklif qilishi mumkin. Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. @TalimUz

39,400 views

Opublikowano 22 wrz

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham)my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi; 🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi. Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ✅@talimuz

37,900 views

Opublikowano 21 wrz

❗️Qoraqalpog'istonlik abituriyentlar uchun ham qo'shimcha kvota o'rinlari tasdiqlandi Bunda ikkita toifa bor. Birinchisi, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonida o'qishdan yiqilgan qoraqalpog'istonlik abituriyentlar uchun 6 ming 500 ta to'lov-kontrakt asosida kvotalar ajratilishi belgilangan. Ikkinchisi, 2025-yil 15-avgustdagi 248-sonli Prezident qaroridadavlat oliygohlariga davlat granti asosida 500 ta maqsadli kvota uchun, xususiy universitetlarga davlat granti asosida 200 ta maqsadli kvota ajratiladi. Ya’ni jami 700 ta maqsadli grant. ✅@talimuz

29,100 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576