TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg341,600Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 13 z 76 · 912 postów

Opublikowano 19 wrz

❗️Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati (rasm) Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan. 2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan mazkur manba va kontent (material)lar Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgandeb topilgan. ✅@talimuz

50,600 views

Opublikowano 19 wrz

Farzandimni o'qitaman deb... Ota-onalar o'z farzandining kelajagi uchun, ta'lim olishi uchun o'z halovatidan voz kechib harakat qilishga tayyorlar. Lekin hamma farzandlar ham buni anglab yetyaptimi? Talabalarga yuborib qo'ying. Ayniqsa vaqtini behuda sarflayotganlariga! Aqalli bittasini o'zgartira olsak ham katta yutuq! Manba: Ibrat farzandlari ✅@talimuz

36,700 views

Opublikowano 19 wrz

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida transport boshqaruvi va xavfsizligi sohasida chuqur bilim oling va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga hissa qo‘shing! Bakalavr yo‘nalishlari: 1.Yo‘l harakatini tashkil etish 2.Yo‘l harakatini tashkil etish:Avtomobil transportida O‘qish muddati: 4 yil Yillik kontrakt: 12 000 000 so‘m Ta’lim shakli: Kunduzgi Siz: 1.Yo‘l harakati xavfsizligi va transport oqimlarini boshqarishni o‘rganasiz. 2.Transport infratuzilmasini loyihalash va optimallashtirishni o‘zlashtirasiz Qabul davom etmoqda! Tartibli va xavfsiz harakat — kelajak rivojlanishining asosi! Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! Aloqa markazi: +998752306060- (Qashqadaryo) Yozish +998557056060- (Samarqand) Yozish Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy Telegram |Web-sahifa

21,900 views

Opublikowano 16 wrz

Endi texnikumdagi o‘qituvchilar oylik maoshiga 50% gacha ustama berilishi mumkin! ➖ Maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi; ➖ Texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular “Direktorlar maktabi”da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi; ➖ Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi; ➖ Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi. ✅@talimuz

30,600 views

Opublikowano 16 wrz

⚡️SAT imtihonida 1200 dan yuqori ball olganlar qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilinadi Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi. Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga ko‘ra, quyidagi 3 ta xalqaro sertifikat olgan abituriyentlarga imtiyozlar belgilandi: 1️⃣“A level” sertifikati (“B” va undan yuqori daraja) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi; 2️⃣“International Baccalaureate” sertifikati (32 va undan yuqori ball) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinadi; 3️⃣“Scholastic Aptitude Test - SAT” xalqaro imtihoni(eng yuqori ballning 75 foizi - 1200 ball va undan yuqori) — qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ❓Bu imtiyoz qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi? ✅ JAVOB: ushbu imtiyoz sertifikat berilgan fan kirish imtihonlari tarkibida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli bo‘ladi. ✅@talimuz

23,800 views

Opublikowano 16 wrz

🌍Darsda o‘rgangan bilimlaringizni haqiqiy xalqaro amaliyotga aylantirishga nima deysiz? Bizning Osiyo Xalqaro Universiteti iste’dodli talabalaridan biri yaqinda xalqaro amaliyotdan o‘tdi va nazariy bilimlarni amaliy tajribaga aylantirdi. Ushbu amaliyot davomida: 🔘Global muhitda o‘zining amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdi; 🔘Xalqaro sohaga oid mutaxassislar bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi; 🔘Yangi dunyoqarash va o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ko‘proq yutuqlarga erishishga tayyor holda qaytdi. 🚀 Osiyo Xalqaro Universiteti har bir talabaga chegara cheklovlari yo‘q imkoniyatlar yaratadi va ularni haqiqiy global mutaxassisga aylantiradi. Agar siz ham chet elda o‘qishni, xalqaro tajriba orttirishni va dunyo miqyosida o‘z kelajagingizni qurishni orzu qilsangiz, Osiyo Xalqaro Universitetiga hujjat topshiring! 🌍What’s it like to turn classroom lessons into real-world international experience? One of our talented AIU students has recently completed an international internship, turning knowledge into real experience. During this program, the student: 🔘 Gained practical skills in a global environment; 🔘 Worked side by side with international experts; 🔘 Returned with new perspectives and confidence to achieve even more. 🚀At Asia International University, every student is given the chance to go beyond borders and grow as a true global professional. Do you also dream of studying abroad, gaining global experience, and building your future on an international level? Apply to Asia International University Telegram| Instagram |YouTube

18,500 views

Opublikowano 15 wrz

⚡️Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi Hukumat qarori (578-son, 13.09.2025-y.) bilan “Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Nizomga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o'qishga qabul qilinadi: 🔹 Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha davlat granti, jumladan, ta'lim granti asosida; 🔹 O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida. ✅ Kirish imtihonlari 2 bo'limdan iborat bo'ladi: ➖1-bo'lim – barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O'zbekiston tarixidan test sinovlari; ➖ 2-bo'lim – abiturient tanlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta'lim yo'nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar. 📜 Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi: ▪️ 1-bosqichda 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududi; ▪️ 2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta'lim tashkiloti, bakalavriat ta'lim yo'nalishi, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi. ⏳ Abiturientning test sinovida to'plagan ballari haqida ma'lumot test sinovi o'tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi. ❇️ Abiturientning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo'yicha tanlov natijasi ro'yxatdan o'tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. ✅@talimuz

24,900 views

Opublikowano 14 wrz

🇮🇱❌Dunyo universitetlari Isroil ta’lim muassasalarini boykot qilmoqda G‘azo urushi sababli dunyo bo‘ylab ko‘plab universitet va ilmiy tashkilotlar Isroil akademik muassasalari bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda. Bunga Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlarida akademik doiralar ham aybdor degan e’tiroz sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda Braziliya, Norvegiya, Belgiya, Ispaniya va Irlandiyadagi nufuzli oliygohlar Isroil universitetlari bilan ilmiy tadbir va dasturlarni bekor qilgan. Amsterdam universiteti Quddusdagi Yahudiy universiteti bilan talabalar almashinuvini to‘xtatgan. Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi faollar Isroil akademiyasi davlat siyosatini quvvatlayotganini aytib, universitetlarni hamkorlikdan voz kechishga chaqirmoqda. Biroq Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya oliygohlari esa akademik boykotga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bu ilmiy erkinlikka ziddir. Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi Isroilni ilmiy hamkorlik dasturlaridan (Horizon Europe) qisman chiqarishni taklif qilgan. Bu Isroil ilm-faniga ajratilayotgan yirik mablag‘larning kamayishiga olib kelishi mumkin. Yahudiy tadqiqotchilar orasida brain drain — ya’ni ilmiy kadrlarning mamlakatni tashlab chiqib ketishi xavfi ortib bormoqda. Britaniyadagi falastinlik jarroh, Glazgoning sobiq rektori G‘asson Abu-Sitta vaziyatga quyidagicha munosabat bildirmoqda: “Akademik boykot Isroil hukumatini to‘xtatishga majbur qiluvchi kuchli vosita bo‘lishi mumkin”. Akademik boykot kampaniyasi vakillaridan biri Stefani Adamning aytishicha, yahudiy institutlari mamlakat olib borayotgan harbiy okkupatsiya rejimi va genotsidida sherik hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida, G‘azoda 2023-yil oktyabr oyidan beri 64 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligini tinch aholi tashkil etadi. BMT ekspertlari esa mintaqada antropogen — inson qo‘li bilan yaratilgan ocharchilik yuzaga kelganini ta’kidlamoqda. ✅@talimuz

23,100 views

Opublikowano 13 wrz

Magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar diqqatiga! Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi. ✅@talimuz

23,900 views

Opublikowano 12 wrz

❓Yagona davlat imtihoni joriy etildimi? Endi testlar bekor bo’ladimi? ✅ Yagona davlat imtihoni g‘oyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. ❗️Mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilishi rejalashtirilgan (agar ulgurishsa). Ya’ni kelasi yildan bo’lar ekan, deb vahima qilish shartmas. 📝Yagona davlat imtihoni (YDI) nima? • 11-sinf yakunida topshiriladigan davlat attestatsiyasi boshqa tizimlar bilan birlashtiriladi; • O’quvchilar maktabni bitirayotganda topshirgan imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • YDI o’z navbatida Milliy sertifikat o‘rnini ham bosadi. 🔹Bundan nima maqsad ko’zlangan? • Abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchilikdan qutqarish (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kirish testlari o‘rniga bitta imtihon); • Faqat yodlashga emas, balki fikrlash, esse (insho) yozish, matnni tushunish, mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratish. Chunki hozir kirish imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yo’naltirilgan xolos, fikrlashga emas. 🔸Tartibi qanday bo‘ladi? • Imtihonlar Bilimlarni baholash agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topshiriladi; • Har bir maktab bitiruvchilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topshirib chiqadi. Shu bitta imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi; • Bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yo’q. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytish mumkin. ❗️Xulosa: bu o‘zgarishlar yaqin yillarda bo’ladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarchilikka barham berib, yoshlarni shablondan chiqarib, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish. ✅@talimuz

32,500 views

Opublikowano 12 wrz

🎓 OXUda ta’lim — zamonaviy sharoitlarda, yuqori darajada tashkil etilgan jarayon! Bizning auditoriyalarimizda o‘quv mashg‘ulotlari xalqaro standartlarga mos ravishda olib boriladi. Zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or metodlar va erkin muhit — bularning barchasi sizning muvaffaqiyat sari dadil odimlashingiz uchun yaratilgan. 🚀OXU talabalari nafaqat bilim egallaydilar, balki o‘z kelajaklarini barpo etadilar. Chunki bu yerda ta’lim — bu shunchaki dars emas, balki hayotingizdagi eng katta imkoniyatdir 🌐Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009 🔗rus/english Telegram| Instagram |YouTube

23,300 views

Opublikowano 9 wrz

🇨🇳Endilikda Respublikamizdagioliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tili o‘rgatiladi Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi. Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi. Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi. ✅@talimuz

31,800 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576