TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg303,800Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 14 z 76 · 912 postów

Opublikowano 9 wrz

❗️Oliy ta’limtizimida "tozalash" boshlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi. Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. ✅@talimuz

27,600 views

Opublikowano 9 wrz

🌍 O‘zbekistonda tahsil olib, dunyo bilan raqobat qila oladigan mutaxassis bo‘lish imkoniyati endi sizga yaqin. OXU nafaqat sifatli ta’lim, balki xalqaro qo‘shma dasturlar, xorijiy professorlar va amaliyot imkoniyatlari orqali talabalarga mustahkam poydevor yaratadi. OXUda sizni kutayotgan imkoniyatlar: ✅90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari ✅10 mln boshlanadigan kontrakt narxlari ✅AQSh bilan qo‘shma dastur va ko‘plab xorijiy hamkorliklar ✅Rektor stipendiyalari va grant dasturlari ✅Xorijiy amaliyot ✅ Simulyatsion markaz,laboratoriyalar, farmatsevtika mini-zavodi va klinik baza ✅5 ta kampus,tez orada Xorazmda ham yangi filial ✅Har yili ortib borayotgan xorijlik talabalar safi ✈️Universitetning talabalari chet elda amaliyot o‘tash orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini xalqaro tajriba bilan boyitdilar. 👉Siz ham xalqaro amaliyot va keng imkoniyatlarga ega bo‘lishni istasangiz, bugunoq hujjat topshiring va OXU talabasi bo‘ling! Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz Biz bilan bog'lanish: +998553050009

25,600 views

Opublikowano 9 wrz

⚡️Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Unga ko‘ra, joriy o‘quv yilidan boshlab, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Stipendiya bakalavriatning 3-4-kurslari uchun bo‘ladi, yoshlarni o‘qish va ilmiy izlanishlarga undaydi. Yig‘ilishda fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tartiblari takomillashtiriladi. Jumladan, doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi. Fanlar akademiyasining respublikada istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy ishlanma natijalarini amaliyotga tatbiq etishdagi o‘rni kuchaytiriladi. ✅@talimuz

24,700 views

Opublikowano 8 wrz

🗺Toshkent metro xaritasi. Saqlab oling, albatta foydasi tegadi. ✅@talimuz

26,700 views

Opublikowano 8 wrz

Yaponiya sari qadam tashlashga hali imkon bor ! 🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetda o'qib, Yaponiyada IT sohasida ishlamoqchi bo'lsangiz sizda hali ham imkoniyat bor. Japan Digital Universityning dastlabki bitiruvchilari allaqachon Yaponiyada IT sohasida ish boshlashdi ! Universitetga qabul sentabr oxiriga qadar davom etadi, hujjat topshirishga ulgurib qoling 😊 👉Ichki imtihonlar uchun hujjat topshirish 👉UZBMB( DTM) orqali hujjat topshirish 📞 71-200-05-95 Telegram | Instagram| Facebook | YouTube|Web site

21,100 views

Opublikowano 8 wrz

Ijarada turadigan talabalar diqqatiga! 🔰 Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan. ▶️ Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi. 🔹Toshkent shahrida — BHMning bir baravari (412 ming so‘m); 🔹qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari (206 ming so‘m). ❗️Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart. 📝 Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim. ✅@talimuz

27,200 views

Opublikowano 6 wrz

Kirish imtihonlari statistikasi-2025 Endilikda siz 2025/2026-o‘quv yilidagi kirish imtihonlariga oid turli statistik ma’lumotlarni onlayn ko‘rishingiz mumkin. Quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: ➖ Joriy yil bitiruvchilarining TOP-10 ta’lim muassaslari; ➖ Joriy yil bitiruvchilarining o’rtacha ballari; ➖ Joriy yil bitiruvchilarining maksimal ballning 30 foiz bo’yicha ko’rsatkichkari; ➖ Joriy yil bitiruvchilarining majburiy fanlar bo’yicha ko’rsatkichi; ➖ Chetlashtirilgan joriy yil bitiruvchilari; ➖ Qiymatlanmagan joriy yil bitiruvchilari; ➖ Erkaklar va Ayollarning o’rtacha ballari joriy yil bitiruvchilari kesimida; ➖ O’rtacha ballar; ➖ TOP-250; ➖ Maksimal ballning 30 foizi; ➖ Majburiy fanlarning ishlanish ko’rsatkichi; ➖ Chetlashtirilgan abituriyentlar; ➖ Qiymatlanmagan abituriyentlar; ➖ Erkak va Ayollarning o’rtacha ballari. 📊Statistikalarni ko‘rish uchun havola: 👉https://mandat.uzbmb.uz/Bakalavr2025/Stat Izoh:Ushbu statistik ma’lumotlar abituriyentlarning imtiyoz ballarini hisobga olmagan holatda shakllantirilgan. ✅@talimuz

27,300 views

Opublikowano 6 wrz

🎓Chet elda amaliyot, AQSH bilan qo'shma dastur, Sifatli ta'lim olish uchun — OXUda tahsil oling. Bugun yuzlab talabalar shu yo‘lda, ertaga esa safga siz ham qo‘shilishingiz mumkin! Osiyo Xalqaro Universiteti — xalqaro hamkorliklari, zamonaviy infratuzilmasi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlari bilan ajralib turadigan oliygohdir. OXUda sizni kutayotgan imkoniyatlar: ✅90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari ✅10 mln so’mdanboshlanadigan kontrakt narxlari ✅AQSh bilan qo‘shma dastur va ko‘plab xorijiy hamkorliklar ✅Rektor stipendiyalari va grant dasturlari ✅Xorijiy amaliyot ✅Simulyatsion markaz,laboratoriyalar, farmatsevtika mini-zavodi va klinik baza ✅5 ta kampus ✅Har yili ortib borayotgan xorijlik talabalar safi 📚OXUda mavjud ta’lim shakllari: 🟢Kunduzgi ta’lim 🟢Kechki ta’lim 🟢Masofaviy ta’lim 🚀Sizning kelajagingiz ham shu yerda boshlanishi mumkin. Qabul davom etmoqda — bugun qaror qabul qiling va ertangi muvaffaqiyatlaringizni bugundan yarating! Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz Biz bilan bog'lanish: +998553050009

22,000 views

Opublikowano 6 wrz

🗿Metro bekatlari ayni vaqtda ✅@talimuz

24,500 views

Opublikowano 5 wrz

❗️41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan. Oxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxshilangan 2025-yilda 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 122 mingga kam. Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️253 ming 844 nafari (41,29%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) ham to‘play olmagan. O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz naq 6 foizga yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor, ko‘z tegmasin. Masalan, 2022-yilda 51,2% abituriyent 56,7 balldan kamroq to‘plagan edi. 2025-yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang). 2023-yilda 8 ta hududda, 2024-yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan. Bu alohida e'tiborga molik raqam. 🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud: ⬆️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9% ⬆️ Navoiy — 8,9% ⬆️ Sirdaryo — 8,1% ⬆️ Buxoro — 7,8% ⬆️ Qashqadaryo — 6% O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor. *** 56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki. Xushnudbek Xudoyberdiyev ✅@talimuz

24,600 views

Opublikowano 5 wrz

Temir yo‘l transportida yo‘l harakatini tashkil etish — har bir qatnov xavfsiz va aniq bo‘lsin! Iqtisodiyot va pedagogika universitetida temir yo‘l transportida harakatni samarali boshqarish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘ling! O‘qish muddati: 4 yil Yillik kontrakt: 12 000 000 so‘m Ta’lim shakli: Kunduzgi Siz: 1.Temir yo‘l transportida harakatni tashkil etish va boshqarish. 2.Harakat xavfsizligini ta’minlash 3.Zamonaviy transport texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaysiz. Qabul davom etmoqda! Aniq reja, xavfsiz qatnov — sizdan boshlanadi! Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1. ipuedu.uz saytiga kiring; 2. Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomangizni yuklab oling! Aloqa markazi: +998752306060- (Qashqadaryo) Yozish +998557056060- (Samarqand) Yozish Litsenziya Nº 194419 25.12.2023 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy Telegram |Web-sahifa

22,600 views

Opublikowano 3 wrz

​​​​Birinchi kurs talabalariga tegishli Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi. Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi. Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi. Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi. Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi. Hurmatli birinchi kurs talabalari! Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi? Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang! Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq! Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering. Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz! Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz! ✅@talimuz

29,900 views
12•••5•••10•••1213141516•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576