TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg401,400Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 23 z 76 · 912 postów

Opublikowano 27 lip

🏆 "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi-2025" tanlovi davom etmoqda! 🇺🇿Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi LITSENZIYAGA EGA barcha nodavlat oliygohlar doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi nodavlat (xususiy) oliygohi-2025" tanlovi 9-avgust 23:59 gacha davom etadi. TOP-10 yetakchilar: (27-iyul 10:30 holatiga) 1⃣ISFT 2⃣University of management and future technologies 3⃣University of business and science 4⃣TMC institute 5⃣Alfraganus universiteti 6⃣Zarmed universiteti 7⃣Toshkent amaliy fanlar universiteti 8⃣Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 9⃣Osiyo xalqaro universiteti 🔟Impuls tibbiyot instituti Boshqa nomzodlar reytingi Eslatib o'tamiz, yakuniy natijalar bo'yichaeng ko'p ovoz to'plagan nomzodg'olib deb topiladi va tanlovning ramziy sovg'asi, ya'ni muassasa nomi tushirilgan maxsus statuetka va rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi. ✅@talimuz

31,300 views

Opublikowano 27 lip

🔥Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2025-2026 o‘quv yiliga qabul davom etmoqda! Universitet hayoti sizni kutmoqda! Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bilim, innovatsiya va yorqin kelajak sari birga intilamiz! 🔹Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bugungi kunda ta’lim sifati, ilmiy yondashuvi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turuvchi, innovatsion rivojlanishga intilayotgan yetakchi oliygohlardan biridir. 📌 Sizni bu yerda quyidagi afzalliklar kutmoqda: 👨‍🎓40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar; 👨‍🎓5 ta magistratura mutaxassisligi –yuqori bosqichda tahsil va ilmiy izlanish uchun imkoniyat; 💠Tajribali professor-o‘qituvchilar – 200 nafardan ortiq oliy toifali ustozlar, jumladan, 17 nafar fan doktorlari, 97 nafar fan nomzodlari; 🌎Xalqaro hamkorlik – 26 ta xorijiy OTMlar bilan Erasmus+ loyihalari orqali talabalar almashinuvlari; 📊Innovatsion darslar – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt yordamida zamonaviy ta’lim tizimlari; 🔥Yangi zamonaviy bino – qulay va keng majmua: auditoriyalar, laboratoriyalar, oshxona, sport maydonlari va yana ko‘plab qulayliklar! ✅Onlayn ariza va imtihon topshirish uchun: 1.ipuedu.uz🌍 saytiga kiring; 2.Ro‘yxatdan o‘ting; 3. Shartnomani yuklab oling. 📞Aloqa markazi: +998752306060-(Qashqadaryo) 😎Yozish +998557056060-(Samarqand) 😎Yozish 📑(Litsenziya Nº 194419 25.12.2023) 📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy 📍Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy 🕊Telegram |📱Instagram|🌍Web-sahifa |

27,100 views

Opublikowano 26 lip

Kechki va masofaviy ta’limning farqi nimada? Qaysi biri sizga mos? Bugungi kunda ta’lim olishning turli shakllari mavjud. Ayniqsa, ishlayotgan yoki kun davomida boshqa mashg‘ulotlari bo‘lganlar uchun kechki va masofaviy ta’lim juda qulay hisoblanadi. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz: Kechki ta’lim — bu odatda ertalabdan kuni bilan band bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Darslar: Asosan kechki paytlarda (soat 17:00 yoki 18:00 dan boshlab) bo‘lib o‘tadi. Talabalar darslarga universitetga kelib qatnashadilar. O‘quv jarayonlari kunduzgi ta’limga o‘xshash, faqat vaqt jihatdan farq qiladi. Masalan:Ishlaydigan talabalar soat 18:30 da institutga kelib, 2-3 soat davomida darsda qatnashishadi. Masofaviy ta’lim — bu internet orqali o‘qitiladigan ta’lim shakli. Darslar onlayn platformalar orqali olib boriladi (Zoom, Moodle, Telegram va h.k.). Talaba istalgan joyda bo‘lib, dars materiallarini mustaqil o‘rganadi yoki video darslar orqali qatnashadi. Darslar odatda belgilangan vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni talaba o‘zi uchun qulay vaqtda o‘qiydi. Masalan: Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan talaba ish vaqtida bo‘sh bo‘lganida telefonda yoki kompyuterda darsni ko‘rib chiqadi, topshiriqlarni elektron shaklda topshiradi. O‘quv jarayonlari qanday bo‘ladi? Kechki ta’limda – darslar jadvali bor, odatda haftaning 3-5 kuni, kechki soatlarda. Masofaviy ta’limda – dars materiallari ilgari tayyorlanadi, talabalar o‘zlari o‘qib, savollari bo‘lsa murojaat qilishadi. Nazorat ishlari onlayn bo‘ladi. Kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o’qishni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ulashing ✅@talimuz

33,800 views

Opublikowano 26 lip

TBC Bank’dan STEM va biznes yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lgan qizlar uchun grant dasturi O‘zbekistonda minglab iqtidorli qizlar stereotiplar va yetarli qo‘llab-quvvatlov yo‘qligi tufayli “erkaklarga xos” sanaladigan kasblarni tanlamaydi. Buni o‘zgartirish vaqti keldi! TBC Bank tomonidan STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda biznes yo‘nalishlarida ta’lim olish uchun 7 ta grant ajratiladi. Grantlar quyidagi oliygohlarda birinchi o‘quv yili uchun beriladi: American University of Technologies, IT Park University, Amity University in Tashkent, TEAM University. Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 13-avgustgacha yuqoridagi universitetlardan biriga hujjatlaringiz va grant arizangizni topshiring. Batafsil ma’lumot saytda.

26,100 views

Opublikowano 26 lip

⚡️Maqsadli qabul kvotalari-2025 Bu yil maktab ta'limi, tibbiyot va san'at yo'nalishlarida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅@talimuz

37,300 views

Opublikowano 26 lip

Bir qaror bilan — grant yutish, Amerikada o‘qish va tan olingan diplom! 📍Qayerda o‘qish? Kimdan o‘rganish? Qanday bilim olish? Bu savollar hayotingiz qanday kechishini belgilaydi. Savollaringizga eng to’g’ri javobni Osiyo Xalqaro Universiteti— sizga taqdim etadi! OXU sizga ✔️90+ yo‘nalish — Tibbiyot, IT, Biznes, Psixologiya va boshqalar ✔️ Nazariya + real tajriba — haqiqiy amaliyotga asoslangan ta’lim ✔️ O‘zbek, rus, ingliz tillarida zamonaviy o‘qish tizimi ✔️200 ta grant va har oylik rektor sitpendiya ✔️Yotoqxona, kuchli infratuzilma, tan olingandiplom ✔️ Chet elda amaliyot va AQShda o‘qishni davom ettirish imkoniyati 📚Kunduzgi | Kechki | Masofaviy — siz uchun qulay formatda ta’lim ⏳ Hujjatlar har kuni belgilangan tartibda qabul qilinadi. Shoshiling! 🚀Kelajagingiz uchun — bugun qadam tashlang! Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.) 🌐Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009 Telegram | Instagram | YouTube

29,800 views

Opublikowano 26 lip

❗️Joriy yilda xotin-qizlar uchun 4 mingta kvota beriladi. Demak, tavsiyanomalilar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi. Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda. Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, "Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku" degan savollarga ham duch kelyapmiz. ‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864). Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi. ✅@talimuz

26,900 views

Opublikowano 26 lip

👩‍🎓🧑‍🎓DTM BALLINGIZ BILAN TALABA BO'LING!!! Turan Xalqaro Universiteti sizga DTM ballingiz bilan IMTIHONSIZ talaba bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi. 🎓 20+ ta zamonaviy bakalavriat yo‘nalishlari 💳10%dan 100%gacha cheksiz grantlar 🌍 20ga yaqin chet davlatlardagi nufuzli xorijiy universitetlarda 100% grant asosida almashinuv dasturlari 🇯🇵 Yaponiyada HAQ TO‘LANADIGAN amaliyot imkoniyati 🏫 Yangi avlod universiteti, yuqori atmosfera, professional ustozlar va do‘stona muhit  📹Necha ball bilan qabul qilinish mumkinligini bilmoqchimisiz? Unda videoni tomosha qiling! QABUL DAVOM ETMOQDA! 🌐Hujjat topshirish 📞+998999210055 📍Manzil: (Namangan shahri, Q. Mamarasulov ko’chasi, 10-D uy) 📚Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram Website | YouTube

25,200 views

Opublikowano 25 lip

⚡️56.7 ball hamon o'z kuchida qoldi! Davlat qabul komissiyasiningtegishli bayoni bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi. ✅ Unda ko‘ra: 🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball(maksimal 189,0 ballning 36%); 🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball(maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi. Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi. 👉DIQQAT: @DTMSTAT_BOT orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballaribilan tanishishingiz mumkin. ✅@talimuz

48,600 views

Opublikowano 25 lip

🎓 Rasman: Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 148 400 ta bakalavriat kvotalari tasdiqlandi! 2025/2026-o'quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. 📊 Umumiy qabul parametrlari: Jami kvota: 148 400 ta O‘zbek tilida: 124 339 ta Rus tilida: 19 125 ta Qoraqalpoq tilida: 4 121 ta Qolgan tillarda: qozoq - 375, tojik - 305, qirg‘iz - 75, turk - 60 ta #BAKALAVR#KUNDUZGI ✅@talimuz

38,300 views

Opublikowano 25 lip

📹 Yo‘nalish tanlash boshlandi ✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 💻 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍🎓 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. ✒️ Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. ✍️ Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 👉DIQQAT: @DTMSTAT_BOT orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballaribilan tanishishingiz mumkin. ✅@talimuz

46,700 views

Opublikowano 25 lip

Yo‘nalishlar bo'yicha maksimal ball qancha? Kirish imtihonlarida abituriyentlar o‘z yo‘nalishlarida turlicha maksimal ball to‘plashni uddalashdi. Keling, o‘zbek tilidagi yo‘nalishlar kesimida keltirilgan maksimal natijalarni ko‘rib chiqamiz: 👉 Huquq + Ingliz tili - 214,8 👉 Ingliz tili + Ona tili - 194.2 👉 Kimyo + Biologiya - 184.6 👉 Matematika + Ingliz tili - 210.3 👉 Matematika + Ona tili - 170.7 👉 Matematika + Fizika - 214.8 👉 Ona tili + Ingliz tili - 189 👉 Ona tili + Matematika - 181,3 👉 Tarix + Geografiya - 186.9 👉 Tarix + Ingliz tili - 217,4 👉 Tarix + Ona tili - 184.8 👉 Biologiya + Ona tili - 181.7 👉 Biologiya + Kimyo - 189 👉 Kimyo + Matematika - 187.9 👉 Geografiya + Matematika - 161.6 Siz qaysi yo‘nalishda test yechgansiz? 👉@DTMSTAT_BOT orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballaribilan tanishishingiz mumkin. ✅@talimuz

30,300 views
12•••5•••10•••15•••202122232425•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576