TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg635,700Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 34 z 76 · 912 postów

Opublikowano 23 maj

⚡️Rasman: Endilikda xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 mlrd so‘mgacha pul yutug'i beriladi! 🇺🇿 Prezident farmoni bilan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi. Masalan, nufuzli xalqaro olimpiada g‘olibi 937,5 mln so‘m (72,6 ming dollar) mukofot puliga ega bo‘ladi. ✅@talimuz

51,700 views

Opublikowano 21 maj

Bir qator oliy ta'lim muassasalariga rektorlar tayinlandi ➖ Sherzod Neʼmatov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi. ➖ Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan. ➖ Dilnoza Xoʻjayeva Qoʻqon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan. ➖ Bahrom Toʻlaganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan. ✅@talimuz

48,200 views

Opublikowano 20 maj

⚡️O‘zbekistondagi xorijlik talabalar Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy o‘quv yilida O‘zbekistonda 12,5 ming nafar chet ellik talabalar tahsil olmoqda. Shundan: 🇮🇳 Hindiston – 6502 nafar; 🇹🇲 Turkmaniston – 1430 nafar; 🇵🇰 Pokiston – 1250 nafar; 🇷🇺 Rossiya – 732 nafar; 🇰🇿 Qozog‘iston – 639 nafar; 🇰🇬 Qirg‘iziston – 369 nafar; 🇨🇳 Xitoy – 325 nafar; 🇹🇯 Tojikiston – 322 nafar; 🇰🇷 Janubiy Koreya – 197 nafar; 🇦🇫 Afg‘oniston – 157 nafar; 🇨🇦 Kanada – 126 nafar; 🌏 Boshqalar – 431 nafar. Yaqinlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz

50,400 views

Opublikowano 20 maj

❌ Imtihon savollarini sotib olmang! ✅Telegramda BEPUL yuklab oling! 🇺🇿Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇 ⚡️9-sinf Matematika ⚡️9-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️9-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️9-sinf Jismoniy tarbiya ⚡️11-sinf Fizika ⚡️11-sinf Biologiya ⚡️11-sinf Davlat va huquq asoslari ⚡️11-sinf Geografiya ⚡️11-sinf Ingliz tili ⚡️11-sinf Kimyo ⚡️11-sinf Matematika ⚡️11-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️11-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️11-sinf Fransuz tili ⚡️11-sinf Nemis tili Bitiruvchilarga tarqatib qo'ying, ko'pchilik bepul joyni topolmasdan sotib olib yuribdi! ✅@talimuz

50,800 views

Opublikowano 18 maj

⚡️Rasman: “Work and Travel” dasturi uchun 15-maydan arizalar qabuli boshlandi! Har yili 2 ming nafar talaba rivojlangan davlatlarda ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Davlat tomonidan foizsiz ssuda ajratiladi. Ushbu imkoniyatdan: ▪️16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan; ▪️O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan; ▪️Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) yoshlar foydalanishi mumkin. Ssuda olish uchun: ▪️Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi. ▪️“Work and Travel” dasturiga oid viza. ▪️Qarzni qaytarishga kafilning roziligi yoki sug‘urta polisi kerak bo‘ladi. Ssuda har yili 2000 nafar talabaga BHMning 40 baravari(15 mln so‘m) miqdorida ajratiladi. Ssuda olgan talabalar uni xorijiy vizaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 1 oy ichida Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarishi shart. ➡️Ariza topshirish uchun 👉havola ✅@talimuz

61,000 views

Opublikowano 17 maj

2000 ta Grant uchun qizlarga tavsiyanoma berish qachon boshlandi ? — Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadarhttps://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi? • Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ❓Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi? Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi. ✅@talimuz

71,700 views

Opublikowano 17 maj

Grant izlayapsizmi? Stipendiya olishni xohlaysizmi? Yoki zamonaviy, kelajagi bor ta’lim yo‘nalishini tanlamoqchimisiz? Uchalasini bir joyda topish mumkin bo‘lmagan imkoniyatdek tuyulishi mumkin. Biroq, bu imkoniyat Osiyo Xalqaro Universitetida mavjud. Bu yerda siz izlayotgan hamma narsa bor: 💥 35 ta eng dolzarb bakalavr va trenddagi 14 ta magistr yo‘nalishlar 🎓 200 ta grant asosidagi o‘rinlar 💸 Har oy rektordan motivatsion stipendiya 🌍 Chet eldagi amaliyot dasturlari bilan xalqaro tajriba 🇺🇸 AQSH bilan qo’shma dastur asosida tahsil olish imkoniyati 📌 Siz tanlashingiz mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar: IT va sun’iy intellekt, biznes boshqaruvi va marketing, psixologiya va ta’lim innovatsiyalari, siyosatshunoslik va diplomatiya, shuningdek tibbiyot va texnika. 🗓Qabul boshlandi! Bugun qilgan tanlovingiz — ertangi yutuqlaringizni boshlab beradi. 📲 Ariza uchun: qabul.oxu.uz 📞 +998 55 305 0009

37,600 views

Opublikowano 17 maj

❗️Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari o'rtasida sodir bo'lgan janjal ulardan birining o'limi bilan tugadi! Hodisa 14-may kuni Paxtachi tumanida joylashgan 12-umumta’lim maktabining o‘quvchisi bilan yuz berdi. Ikki nafar 11-sinf o‘quvchisi o‘zlarining hududidan taxminan 10 kilometr olisdagi Yobu mahallasiga repetitorga borgan. O‘quv markazida ular va tumandagi 1-umumta’lim maktabining uch nafar o‘quvchisi o'rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal oqibatida o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Uning sinfdoshi esa og'ir tan jarohatlari bilan Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Ularni kaltaklagan uch nafar o‘quvchi esa ushlangan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. ✅@talimuz

46,500 views

Opublikowano 15 maj

⚡️Al-Beruniy xalqaro maktabi ochiladi Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi. “Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”, - dedi Prezident. Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi. Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi. Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi. ✅@talimuz

50,200 views

Opublikowano 13 maj

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi 🇺🇿 Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi: 🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi; 🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi. 📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra: 🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi; 🔸birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi; 🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi. ✅@talimuz

55,400 views

Opublikowano 12 maj

❗️Ota-onalar va o‘quvchilar diqqatiga: ❌ O‘zbekistonda maktab va bog‘chalarda pul yig‘ish qat’iy taqiqlangan! Ta’lim muassasalarida ta’mirlash, turli tadbirlar (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan man etiladi! Maktab yoki bog‘chalarda pul undirish bilan bog‘liq holatlardan xabardor bo‘lsangiz, (71) 202-09-09 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. ✅@talimuz

59,700 views

Opublikowano 12 maj

📢RASMAN QABUL BOSHLANDI! 🎓Osiyo Xalqaro Universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilishni boshladi! Agar siz xalqaro standartlarga, amaliyotga yo‘naltirilgan va zamonaviy universitetda ta’lim olishni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! 📌Endilikda OXUda umumiy35 ta bakalavr va 14 ta magistraturayo‘nalishlari mavjud. 🎓 Kunduzgi,kechki va masofaviy shakllarda tahsil olish imkoniyati mavjud. 2025–2026 o‘quv yilida: • Yo‘nalishlar soni 90 taga yaqin – har bir qiziqishga mos tanlov • 200 ta grant o‘rni – bilimli, iqtidorli va faol yoshlarga bepul ta’lim imkoniyati! • 2+2 / 1+3 qo‘shma dasturlar (AQSH bilan) – xalqaro darajadagi diplomni qo‘lga kiritish imkoniyati. • Chet elda amaliyotlar – talabalar nazariyani real tajriba bilan mustahkamlashadi. • Va yana ko‘plab imkoniyatlar sizni kutmoqda! OXU – bu siz orzu qilgan kelajak sari qat’iy qadam! 🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning: +998553050009 Telegram| Instagram |YouTube

52,500 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••3233343536•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576