TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg993,900Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 42 z 76 · 912 postów

Opublikowano 24 sty

⚡️TOP-1000 ro'yxatdagi oliygohlar-2025 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi. Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi). ✅@talimuz

83,500 views

Opublikowano 22 sty

⚡️Respublikada 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi! Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. 2025-yilda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan. Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi. ✅@talimuz

75,900 views

Opublikowano 22 sty

📈Respublikamizning 3 oliygohi dunyoning eng nufuzli oliygohlari TOP-1000 roʻyxatida Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatinieʼlon qildi. Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular: 1⃣. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600; 2⃣. Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800; 3⃣. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi. ✅@talabauz

63,700 views

Opublikowano 18 sty

❌Chet til sertifikati yo’q abituriyentlar shu yildan ba'zi yo’nalishlarga topshira olmaydi Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosidaamalga oshiriladi. ❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim. 2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan. ❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi. ❓Bu nima degani? Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi. Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi. Xushnudbek Xudoyberdiyev Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati: https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283 ✅@talimuz

100,000 views

Opublikowano 17 sty

🧐Ingliz tilini 1 haftada o'rgansa bo'larkan! 🤨 Grammatikani o'rganishga esa 1.5 soat?! Maktabda 11 yilda ham o'rganolmagan yaqinlaringizga sekingina yuborib qo'ying! ✅@talimuz

86,900 views

Opublikowano 15 sty

🗺Toshkent metro xaritasi. Saqlab oling, albatta foydasi tegadi. ✅@talabauz

79,500 views

Opublikowano 15 sty

Magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud bo'lib, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi. Eslatma: Bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas. Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi. Asos: Prezidentimizning 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandida nazarda tutilgan. ✅@talimuz

85,100 views

Opublikowano 11 sty

❌Xursandchilik uzoqqa choʻzilmadi! Aytishlaricha, oʻqituvchilarga 5 yilga mashinalarni foizsiz "rassrochka"kaga berishga oid taklifni UzAuto rad qilibdi. ✅@talimuz

114,000 views

Opublikowano 11 sty

⚡️Ustozlarga Malibu, Tracker, Onix, Equinox, Captiva 5T avtomobillarini 5 yilga bo‘lib to‘lashga beriladi. Bu haqida Bosh vazir A.Aripov tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarovaning xatiga qo‘yilgan FISHKAda topshiriq berilgan. Avtomobillar «Muallim e’zozda» aksiyasi doirasida tijorat banklari orqali boshlang‘ich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik (5 yil) muddatli to‘lov asosida beriladi. ✅@ustozuz

79,000 views

Opublikowano 10 sty

O‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchiga hurmatsizlik qilib kamsitsa qanday chora ko‘riladi? Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 15-bandiga asosan o‘quvchilarga o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni ko‘rsatishi taqiqlanadi. Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. ✅@maktabuz

75,800 views

Opublikowano 8 sty

⚡️Rasman: Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari tasdiqlandi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi. Shuningdek: ➖ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari; ➖ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. ✅@talimuz

78,600 views

Opublikowano 8 sty

⚡️Turdosh taʼlim yo‘nalishlari-2025 Jami 32 turdosh guruhlar mavjud. Ma’lumot uchun: Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi: ➖“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”; ➖“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”; ➖“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”; ➖“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”. Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi. ✅@talimuz

71,900 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••404142434445•••50•••55•••60•••65•••70•••7576