TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg796,800Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 43 z 76 · 912 postów

Opublikowano 7 sty

⚡️Xalqaro jurnallarda maqola yozib, dissertatsiya yozmasdan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish mumkin! ✅ Muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish mumkin. Asos:Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ✅@talimuz

86,100 views

Opublikowano 6 sty

⚡️O'quv markazi ochish uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratish davom etmoqda! Talabgorlar 10-yanvarga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin. Subsidiya quyidagilarga ajratiladi: ⏺️bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga; ⏺️zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga. Quyidagi hujjatlar talab etiladi: 🔵 2 yilga mo'ljallangan biznes reja; 🔵 mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari; 🔵 pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; 🔵 pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; 🔵 ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun). Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Foydalanish videoyo'riqnomasi: https://youtu.be/M_e3Lczq34U ✅@talimuz

84,700 views

Opublikowano 6 sty

⚡️Rasman:Magistraturaga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga kirganlarga taʼlim krediti berilmaydi 🇺🇿 Hukumatning 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3-bandi 4-xatboshisiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, «taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi». ✅@talimuz

61,300 views

Opublikowano 5 sty

⚡️IIV 2-son Toshkent akademik litseyi – Eng yaxshi akademik litsey-2024tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi akademik litsey-2024" tanlovi doirasida 91 nafar nomzodlar ichida 15.805 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1️⃣IIV 2- Toshkent akademik litseyi 2️⃣IIV Navoiy akademik litseyi 3️⃣IIV Andijon akademik litseyi 4️⃣IIV Xorazm akademik litseyi 5️⃣IIV Jizzax akademik litseyi 6️⃣Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi 7️⃣GulDU akademik litseyi 8️⃣IIV Sirdaryo akademik litseyi 9️⃣TDPU akademik litseyi 🔟Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi Eslatib o'tamiz, 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

72,100 views

Opublikowano 5 sty

⚡️Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi – Eng yaxshi texnikum-2024tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi texnikum-2024" tanlovi doirasida 220 nafar nomzodlar ichida 16.408 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1️⃣Xatirchi jamoat salomatligi texnikumi 2️⃣Nukus jamoat salomatligi texnikumi 3️⃣Aralboyi medicina ham transport texnikumi 4️⃣Samarqand viloyat tibbiyot texnikumi 5️⃣Baliqchi jamoat salomatligi texnikumi 6️⃣Sariosiyo jamoat salomatligi texnikumi 7️⃣Sherobod jamoat salomatligi texnikum 8️⃣Xalqaro innovatsion tibbiyot texnikumi 9️⃣Kosonsoy jamoat salomatligi texnikumi 🔟Yangiyer jamoat salomatligi texnikumi Eslatib o'tamiz, 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

60,500 views

Opublikowano 5 sty

⚡️Paxtakor pedagogika kolleji – Eng yaxshi kollej-2024tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi kollej-2024" tanlovi doirasida 96 nafar nomzodlar ichida 2.586 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1️⃣Paxtakor pedagogika kolleji 2️⃣Andijon shahar pedagogika kolleji 3️⃣Shahrisabz pedagogika kolleji 4️⃣Ilm-u Ziyo tibbiyot kolleji 5️⃣Sirdaryo pedagogika kolleji 6️⃣Marg'ilon pedagogika kolleji 7️⃣Namangan pedagogika kolleji 8️⃣Beruniy suv xo'jaligi va malioratsiya kolleji 9️⃣Navoiy pedagogika kolleji 🔟Marhamat pedagogika kolleji Eslatib o'tamiz, 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

43,600 views

Opublikowano 5 sty

⚡️Urganch tuman 2-son kasb-hunar maktabi – Eng yaxshi kasb-hunar maktabi-2024tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi kasb-hunar maktabi-2024" tanlovi doirasida 250 nafar nomzodlar ichida 11.809 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1️⃣Urganch 2- kasb-hunar maktabi 2️⃣Uchqo'rg'on 2- kasb-hunar maktabi 3️⃣Mirzacho'l kasb-hunar maktabi 4️⃣Uchqo'rg'on 1- kasb-hunar maktabi 5️⃣Oqoltin kasb-hunar maktabi 6️⃣Paxtakor kasb-hunar maktabi 7️⃣Uchko'prik 1- kasb-hunar maktabi 8️⃣Ko'kdala 1-son kasb-hunar maktabi 9️⃣Namangan shahar 2- kasb-hunar maktabi 🔟Mo'ynoq kasb-hunar maktabi Eslatib o'tamiz, 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

44,700 views

Opublikowano 5 sty

⚡️Osiyo xalqaro universiteti – Eng yaxshi nodavlat oliygoh-2024tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi nodavlat oliygohi-2024" tanlovi doirasida 87 nafar nomzodlar ichida 18.597 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1️⃣OXU 2️⃣ISFT 3️⃣UBS 4️⃣Nukus innovatsion instituti 5️⃣KIUT 6️⃣TIFT 7️⃣BPXTI 8️⃣Renessans ta'lim universiteti 9️⃣Perfect university 🔟ATMU Eslatib o'tamiz, 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

51,900 views

Opublikowano 5 sty

⚡️Toshkent davlat pedagogika universiteti – Eng yaxshi davlat oliygohi-2024tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi davlat oliygohi-2024" tanlovi doirasida 108 nafar nomzodlar ichida 3.469 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1️⃣TDPU 2️⃣TIQXMMI" MTU 3️⃣NDKTU 4️⃣Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 5️⃣GulDU 6️⃣TDIU 7️⃣TTYSI 8️⃣Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti 9️⃣TDYU 🔟TDTU Olmaliq filiali Eslatib o'tamiz, 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

50,400 views

Opublikowano 5 sty

❗️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanloviyakunlandi! 📊25 kun (11-dekabrdan 5-yanvargacha) davom etgan ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijaga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablarning keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlandi. Eng yaxshi davlat oliygohi: Toshkent davlat pedagogika universiteti Eng yaxshi nodavlat oliygoh Osiyo xalqaro universiteti Eng yaxshi akademik litsey IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi Eng yaxshi kasb-hunar maktabi Urganch tuman 2-son kasb-hunar maktabi Eng yaxshi kollej Paxtakor pedagogika kolleji Eng yaxshi texnikum Xatirchi jamoat salomatligi texnikumi Eng yaxshi xususiy maktab ❌Ba'zi sabablarga ko'ra qoldirildi! 6-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz

65,400 views

Opublikowano 5 sty

⚡️Rasman: 8-yanvardan darslar boshlanadi — Qishki ta’til 7-yanvar kuni tugaydi. 2025-yilning 8-yanvaridan boshlab barcha oliy va professional ta’lim muassasalarida darslar davom etadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va professional ta’lim muassasalaridagi talabalar va o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til 2024-yil 25-dekabrdan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi. Shu jumladan, 7-yanvar kuni ham ta’til kuni hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, maktab o'quvchilari uchun qishki ta'til 11-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi. Darslar esa 13-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi. Talabalarga eslatib qo'ying! ✅@talimuz

115,000 views

Opublikowano 5 sty

«Kim bizni aldasa, bizdan emas!» (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) ❌So'rovnomada birinchi degani - Real hayotda birinchi degani emas! To'laqonli so'rovnomalarga asoslangan bu kabi tanlovlar nisbiy xarakterga ega. Ya'ni, yakunda aniqlanadigan nomzodlarning darajalari haqiqiy reytingni anglatmaydi. Aslida, ta'lim muassasalari reytingini tuzish maxsus tashkilotlar tomonidanko'plab kriteriyalar (o'quv binosi hajmi, talaba-o'quvchilar soni, professor-o'qituvchilar soni, ilmiy darajalar, chet ellik ustozlar soni, nufuzli ilmiy jurnallarda chiqarilgan maqolalari va hokazolar) asosida tuziladi va ko'p vaqt talab etadi. 📈Onlayn reytingni aniqlash, bu - piar! Piar - bu reklama! Biror brend nomini ko'plab auditoriyaga tanitish. O'z ta'lim muassasasini yuqori o'ringa chiqarish uchun guruhlarga, kanallarga "bizga ovoz bering" deya targ'ibotni amalga oshirganlar mana shu natijaga erishdilar. Chunki, katta ehtimol bilan boshqa hechqanday holatda butun bir jamoabir maqsad yo'lida bu kabi harakatlarni qilmas edi. Nakrutka urish orqali ovozlarni "sun'iy" ko'paytirganlarga ortiqcha hechnarsa demaymiz. Harkim qilgan niyatiga yarasha amalga erishsin! ✊ "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanlovi yakunlanishiga atigi, bir necha soat vaqt qoldi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

61,100 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••404142434445•••50•••55•••60•••65•••70•••7576