TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 52 z 76 · 912 postów
Opublikowano 23 sie
⚡️Rasman: Yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi. Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 23 sie
⚡️Rasman: 1-kurslar uchun yotoqxona ajratila boshlandi Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentgaasosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yichanatijalar e’lon qilinmoqda. Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679 ✅@talimuz
Opublikowano 23 sie
📈Joriy yilda 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo'ldi. Qolganlarni xususiy oliygohlar yoki texnikumlar kutib turibdi! Talaba bo'lgan 186 871 ming nafar abituriyentdan 41 ming nafari davlat granti, 145 ming nafari esa, to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan. Imtihonlarda davlat granti asosida o'rtacha o'tish balli 121,7 ball To'lov-kontrakt asosida o'rtacha o'tish balli 94,7 ballni tashkil qilgan. Norozilar 18-avgustdan 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn apellatsiya arizalari berishi mumkin ✅@talimuz
Opublikowano 23 sie
⚡️To‘lov-shartnoma berish boshlandi. Buning uchun onlayn ariza berish kerak, OTMga borish shartmas! Onlayn to‘lov-shartnoma nafaqat yuqori kurslar, balki 1-kursga kirganlar uchun ham berilmoqda. ✅ Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborish lozim. Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin. Ilovani yuklab olish:👇 📲iOS uchun📲Android uchun ❗️ESLATMA: super-kontrakt uchun shartnoma hali berilmayapti. Sentyabr oyining o‘rtalariga yaqin ochilsa kerak. Ungacha kutish lozim. ✅@talimuz
Opublikowano 22 sie
💵Hokimliklar talaba qizlarning kontraktini to‘lab berishi kerak. Kimlarniki to‘lanadi? Har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizlar kontrakti to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs uchun, 100 tasi 2- va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak. 👩 Qaysi toifadagi qizlar? ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar; ➖yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar; ➖ boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar. ❌Shu toifaga kirsa ham, lekin: ➖ ikkinchi mutaxassislikda; ➖ O‘zbekistondagi xorijiy, xususiy OTMlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakti to‘lab berilmaydi. ✅@talimuz
Opublikowano 21 sie
⚡️Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni har yili to'lanadimi❓ Super yoki tabaqalashtirilgan kontraktni faqat o'qishga kirgan yili bir marta to'lanadi. Keyingi yildan oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 21 sie
⚡️Rasman: Grantda ham kontraktda ham 1 yil oʻqiladi, 2 yildan yaxshi oʻqiganlar uchun grant... 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: ✅ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ✅ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ✅ ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ✅ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi. #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kontrakt#tanlov2024 ✅@talimuz
Opublikowano 20 sie
⚡️Grantga aza, kontraktga mazzami? Kontraktda oʻqiyotgan talaba keyingi yil grantda oʻqishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, endilikda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. ✅ Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi oʻzlashtira olmasa, keyingi yil kontraktga tushishi yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqisa, keyingi yili grantga oʻtishi mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 19 sie
⚡️Rasman: Oʻtish ballari - 2024 Mandat chiqqandan so‘ng, hozircha abituriyentlar faqat o‘zlarining kirgan yoki kirmaganligini, agar kirgan bo‘lsa, grant yoki kontraktligini bilishlari mumkin bo‘lmoqda. Kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas. Ammo 2024-yilgi o‘tish ballari e’lon qilingan. Siz o‘z yo‘nalishingizni tanlab, o‘sha yo‘nalish uchun grant va kontraktga o‘tish ballini ko‘ra olasiz. 👉https://mandat.uz/oliygohlar/2024 Bu ma’lumot o‘qishga kira olmaganlar uchun ham muhim. Chunki super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, 4 ballik arzon shkalaga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi, o‘tish bali haqida tekshirib olishlari mumkin. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz
Opublikowano 19 sie
Rasman: 18-avgustdan Kollej va texnikumlarda yoʻnalish tanlash boshlandi! ✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uzsaytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. ❗️Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi! Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi! ❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kontrakt#tanlov2024#kollej#texnikum ✅@talimuz
Opublikowano 19 sie
⚡️Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 680.000 so'm nafaqa puli beriladi "Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan: 👉 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi. 👉 Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so'm) tashkil etadi. 📑Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: • OTM rektori nomiga ariza; • Pasport nusxasi; • Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi. 🛡 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslargato‘lanadi. #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#kontrakt#tanlov2024 ✅@talimuz
Opublikowano 19 sie
Endilikda kollej-texnikumni bitirib Oliygohga to'g'ridan-to'g'ri hattoki 3-kursdan ham kirish mumkin bo‘ladi! ✅ Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: ➖ kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi; ➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin. ✅@talimuz