TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg694,900Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 53 z 76 · 912 postów

Opublikowano 18 sie

​❗️Savol: Oliygohda kontrakt asosida o'qishimga qaramasdan, shu yil DTM imtihonlarida qatnashdim va boshqa universitetga grantga kirdim. Endi 1-oliygohimdan qanday qilib hujjatlarimni olsam bo'ladi? ✅Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin: 1. o‘z xohishiga binoan; 2. o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; 3. salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); 4. o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun; 5. bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; 6. o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun); 7. talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; 8. vafot etganligi sababli Hulosa, oliygohda o'qimaslik uchun 1-sabab, ya'ni shunchaki o'qishni xohlamasligingizning o'zi yetarli. Siz hechqanday ortiqcha sabablar keltirishga majbur emassiz! ✅@talimuz

39,600 views

Opublikowano 18 sie

⚡️ Rasman: Kontrak narxi keskin oshdi ◾️Qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi. ➡️Solishtirish uchun eski narxlar ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz

47,900 views

Opublikowano 17 sie

​​Birinchi kurs talabalariga tegishli Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi. Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi. Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi. Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi. Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi. Bugun birinchi oʻqish kuni tugadi. Hurmatli birinchi kurs talabalari! Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi? Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang! Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq! Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering. Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz! Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz! ✅@talimuz

46,400 views

Opublikowano 17 sie

Oʻqishga kirolmagan jigarim koʻp kuyunma, hali hayot oldinda. Hali oʻqishgayam kirasan, papkalarni koʻtarib yurishgayam ulgurasan. Asosiysi qatʼiyat bilan davom et. Balling bu yil yetmasa keyingi yili albatta yetadi. Bilaman bu yoshda hech kimni gapi, nasihati yoqmaydi. Lekin kattalarning maslahatlarida koʻp maʼno bor. Samimiy aytilgan tavsiyalarga quloq tutish kerak. Shuningdek, aynan shu paytda oshna-ogʻayni, tanish-bilishlarning asl basharasini bilish uchun qulay fursat. Doʻstlar ichida ayrim yiqilganingda kuladiganlari ham chiqadi. Aynan shunday gnidatabiatlilarni oshnalar safidan oʻchirish kerak. Hali oʻqishga kirsang muomalasini oʻzgarganini ham koʻrasan. Shu qilishgani uchun hozirdan tayyorgarlikni boshlab, KEYINGI YIL YORVOR, JIGARIM. Bu gaplarni kamina, oʻqishga 4-yili kirgan odam aytyapti. Shu qoʻshiqdagidek „hali hayot oldinda“. ✅@talimuz

43,400 views

Opublikowano 17 sie

Talaba bo'lganlar OTMga qandayhujjatlar berishi kerak? 1. Rektornomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplomyoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Tilbilish darajasinitasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5x4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa) 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa). ❗️ Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz. 📌Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. ❗️♻️Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling! ✅@talimuz

63,300 views

Opublikowano 17 sie

⚡️Rasman:Yakuniy mandate’lon qilindi ✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarie’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣my.uzbmb.uzsayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣mandat.uzbmb.uzsayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3⃣Quyidagi botlarga ID yuboring: 👉@edtm_mandatbot 👉@edtm_mandat1bot 👉@edtm_mandat2bot 👉@edtm_mandat3bot 👉@edtm_mandat4bot Qo'shimcha imkoniyati bor botlar: ➖@DTMStat_bot ➖@DTMStatbot #Natija#Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#mandat#talaba

64,000 views

Opublikowano 16 sie

⚡️Mandatni bepul biling. Pul to'lamang! ❌Davlat test markazini boy qilmang! ✅ Testga kirishga to'lov qilganingiz yetadi! ➖Yurtimizdagi millionlab abituriyentlar va ularning yaqinlari sabr qilib mandatni kutayotgan bir vaqtda Bilimni baholash agentligi shunchaki ballni bilib berish evaziga soqqa qilyapti. Bu hazilakam summa emas, milliardlab summa! Mandatdan esa darak yo'q! Mandat chiqsa bepul aniqlasa bo'ladi! Quyidagi botlarga ID yuboring: 👉@edtm_mandatbot 👉@edtm_mandat1bot 👉@edtm_mandat2bot 👉@edtm_mandat3bot 👉@edtm_mandat4bot Qo'shimcha imkoniyati bor botlar: ➖@DTMStat_bot ➖@DTMStatbot ✅@talimuz

73,300 views

Opublikowano 16 sie

⚡️1-sentabrdan til sertifikati uchun o‘qish xarajatlari qoplab beriladi va imtihon xarajatidan tashqari yana 1 mln so'm beriladi! 🔰Qarorga ko'ra: ➖imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; ➖2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi. ✅@talimuz

65,600 views

Opublikowano 16 sie

⚡️Mandat tayyor: Tasdiqlanishi bilan e'lon qilinadi! Ma’lumotlatga ko’ra, yakuniy natijalar to’liqligicha shakllantirilib bo’lingan. UzBMB tomonidan tasdiqlash uchun Davlat qabul komissiyasiga(Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qachon tasdiqlanishi hozircha noma’lum. Tartibga ko'ra, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak. Bugun — 16-avgust. Bundan kelib chiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi. ✅@talimuz

86,900 views

Opublikowano 15 sie

📉Hozir grantda o'qiyotgan talabalar yaxshi o'qimasa kontraktga tushib qolishi mumkin! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qilishicha, yangi abituriyentlarga tadbiq etilayotgan 1 yillik grant dasturi kelgusida avvalgi yillarda o'qishga kirgan yuqori kurs talabalariga ham tadbiq etilishi mumkin. Mandatda grantga kirsangiz juda xursand bo'lib yubormang, aksincha kontraktga kirsangiz "attang" ham deb yurmang. Muhimi, o'qishga kirish. Grant yoki kontrakt o'zizga bog'liq! ✅@talimuz

59,200 views

Opublikowano 15 sie

⚡️CEFR (multilevel) imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi 📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi. ❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi. 15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi. Eslatma: chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e'lon qilinadi. ✅@talimuz

53,100 views

Opublikowano 14 sie

❗️Har bir abituriyentning javoblar varaqasini yuklab beradigan telegram-bot ishgatushdi! Ma'lumot uchun eslatib o'tamiz, mandat chiqqanda abituriyentlarning o'qishga kirgan yoki kirmaganligi to'g'risidagi ma'lumot titul varaqada ham yoziladi. Yakuniy mandat qoidaga ko'ra, tanlov to'liq yakunlangandan keyin 1 hafta ichida, ya'ni 17-avgustgacha e'lon qilishi kerak. Bu aynan shu sana yoki undan oldingi kunlar ham bo'lishi mumkin. Titul varaqangizni tekshirib turing! ➖@titulrobot ➖@titulrobot ➖@titulrobot

52,200 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••505152535455•••60•••65•••70•••7576